123
3.19-rasm. Intel Core i7 protsessori chiqish oyoqchalarining nomlanishi.
UltraSPARC III protsessori
. UltraSPARC III protsessori Sun firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan serverlar va ishchi stansiyalarda o‘rnatilgan 64-
razryadli UltraSPARC protsessorlari oilasiga mansub protsessor hisoblanadi. Ushbu
oila
tarkibiga
Version 9 SPARC
arxitekturasi asosida ishlab chiqarilgan -
UltraSPARC I, UltraSPARC II va UltraSPARC III protsessorlari kiradi [2]. Bu
protsessorlar barchasining so‘z uzunligi 64-razryadga tengdir.
SPARC
(Scalable
Processor ARCitecture – naraщivaemaya arxitektura protsessora) – kengaytirilishi
yoki qo‘shimcha protsessorlar ulanishi mumkin bo‘lgan protsessor arxitekturasi
.
UltraSPARC III protsessori o‘zidan avval ishlab chiqarilgan 32-razryadli
SPARC V8 protsessori bilan mos tushadi.
UltraSPARC III protsessori
VIS 2.0
buyruqlar to‘plami bilan ishlay oladi. VIS 2.0 buyruqlar to‘plami yordamida – uch
o‘lchamli grafik ilovalarni ishlab chiqish, MPEG formatini real vaqt masshtabida
dekodlash, ma’lumotlar hajmini qisqartirish, Java-dasturlarini
bajarish va
124
kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish jarayonlarini amalga oshirish
mumkin.
VIS
(Visual Instruction Set - nabor komand dlya rabotы s vizualьnыmi
dannыmi) – vizual ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan buyruqlar
to‘plami.
UltraSPARC III protsessorning birinchi modeli 600 MGs chastotaga ega edi,
uning qatorining kengligi 0,18 mkm-ga teng bo‘lib, tarkibida 29 000 000- ta
tranzistor bor edi. Keyingi modellarda chastota 1,2 GGs-ga, qatorining kengligi esa
0,13 mkm-ga ega bo‘lgan. UltraSPARC III mikrosxemasi