Nigmatov X




Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/68
Sana13.05.2024
Hajmi9,08 Mb.
#229420
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
Bog'liq
Nigmatov X

Matritsali kompyuterlar. 
Fizika va texnika fanlarida echilishi kerak bo‘lgan 
masalalarda – matritsalar shaklidagi massivlar yoki turli xil tartiblangan strukturalar 
ustida amallar bajarish talab etiladi. Ko‘p hollarda ana shu xildagi to‘plamlar 
tarkibiga kirgan turli ma’lumotlar to‘plamlari ustida - 
bir vaqtda bir xil 
hisoblashlarni
bajarish kerak bo‘ladi. Bunday hisoblashlarni bajarish uchun 
yaratilgan dasturlarning tartiblanganligi va strukturalanganligi, ularning alohida-
alohida bo‘laklarini parallel tarzda bajarish bilan hisoblashlarni anchagina 
tezlashtirish 
mumkin 
ekan. 
Katta-katta 
ilmiy 
dasturlarni 
bajarilishini 
tezlashtirishning ikki xil sxemasi mavjud: 
1.Bitta protsessorni kengaytirish. 
2.Hisoblashlarni bajaruvchi ko‘p protsessorlardan foydalanish. 


131 
Birinchi sxema asosida qurilgan protsessorlar 
matritsali
va 
vektorli
 
protsessorlar deb ataladi. Bunday protsessorlar asosida qurilgan kompyuterlar esa 
matritsali kompyuterlar
deb ataladi. 
Matritsali protsessor 
(Array processor)
deganda – bir vaqtda ko‘p sonli 
ma’lumotlar, ya’ni matritsaning elementlari ustida, bir-xil ketma-ketlikdan iborat 
buyruqlarni, ya’ni bir hil amalni bajaradigan ko‘p sonli protsessorlar tushuniladi. 
Ushbu g‘oya asosida qurilgan dastlabki kompyuter, 1972 yili AQSHning Illinoys 
universitetida qurilgan ILLIAC IV kompyuteri hisoblanadi.
Rejaga asosan bu kompyuter protsessori, har birida 8x8 o‘lchamdagi matritsa 
shaklida joylashtirilgan 64-tadan protsessori bo‘lgan 4-ta kvadrantdan iborat bo‘lishi 
kerak edi. Jami 64x4 = 256-ta protsessor (3.24-rasm). 
 
3.24-rasm. ILLIAC IV kompyuterining matritsali protsessori. 
Har bir kvadrant alohida boshqarish blokiga ega bo‘lib, bu bloklar kvadrant 
tarkibidagi protsessorlarga bir xil buyruqlarni jo‘natib turgan. Kvadrant tarkibiga 
kirgan protsessorlarning har biri o‘ziga tegishli bo‘lgan xotiradan olingan 
ma’lumotlardan foydalangan. Bunday kvadrant yordamida bir sekundda suriluvchi 
nuqtali sonlar ustida 50 mln. amal bajrishga erishilgan. To‘rtta kvadrant bilan esa, 
sekundiga 1 mlrd. amal bajarish ko‘zda tutilgan. Biroq tarkibida to‘rtta kvadrantdan 
iborat bo‘lgan, jami 256-ta protsessorli matritsali protsessorni, ya’ni ko‘p yadroli 
protsessorni qurish anchagina mablag‘ talab qilganligi sababli, ILLIAC IV 


132 
kompyuteri protsessorining 64-ta protsessordan iborat bo‘lgan – bitta kvadrantli 
varianti ishlab chiqilgan halos (3.24-rasm). 
Fon-neyman arxitekturasidan anchagina farq qiladigan ushbu arxitektura, Flin 
klassifikatsiyasiga asosan 
SIMD 
(Single Instruction-stream Multiple Data-stream) 
ko‘p ma’lumotlar oqimiga ega bitta buyruqlar oqimi arxitekturasi deb ataladi (rus 
tilida - odin potok komand s neskolьkimi potokami dannыx).
Ko‘p protsessorli kompyuter hisoblangan vektor protsessorli 

Download 9,08 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish