• XX. PARALLEL KOMPYUTERLAR ARXITEKTURASSI
  • Nigmatov X




    Download 9,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/68
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,08 Mb.
    #229420
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
    Bog'liq
    Nigmatov X

     

    portlari – 
    RV0÷RV7
    jami 8-ta, 14÷19 va 9÷10 oyoqchalar;
    S
    portlari – 
    RS0÷RS6
    jami 7-ta, 23÷28 va 1 oyoqchalar; 

    portlari – 
    RD0÷RD7
    jami 8-ta, 2÷6 va 11÷13 oyoqchalar. Ushbu portlar 
    ma’lumotlarni kiritish-chiqarish uchun mo‘ljallangan tashqi qurilmalarni ulash 
    uchun ishlatiladi; 
    VCC
    – ta’minot kuchlanishi beriladigan 7 oyoqcha; 
    GND
    – ikkita oyoqcha, «erga» ulanish uchun 8 va 22 oyoqchalar; 
    AREF, AVCC 
    – analog, ya’ni uzluksiz ko‘rinishdagi ma’lumotlarni kiritish-
    chiqarish sxemalarini sozlash uchun mo‘ljallangan 21 va 22 oyoqchalar. 
    3.23-rasm. ATmega168 mikrokontrollerining mikrosxemasi. 
    Analog ma’lumotlarni kiritish-chiqarish, 
    C
    porti liniyalari orqali amalga 
    oshiriladi. Analog ma’lumotni kiritish-chiqarish liniyasi, kirish kuchlanishi qanday 
    ekanligini aniqlab, unga mos chiqish kuchlanishini berish vazifasini bajaradi. 
    Masalan: mikroto‘lqinli pechda, ma’lum bir temperaturagacha isitish kerakligini 


    130 
    ko‘rsatuvchi datchik qiymati o‘qilgandan so‘ng, unga mos temperaturani ta’minlash 
    amalga oshiriladi.
    XX. PARALLEL KOMPYUTERLAR ARXITEKTURASSI 
     
    Avvalgi paragraflarda ko‘rib o‘tilgan buyruqlar sathidagi parallellik asosida 
    qurilgan – konveyerli va superskalyar arxitekturali protsessorlar kompyuterlarning 
    ishlash tezliklarini, ya’ni kompyuterning ish unumini yoki unumdorligini odatda 5-
    10 barobar oshirish imkonini berar ekan. Kompyuterlar unumdorligini 50, 100 
    barobar va undan ko‘proq oshirish uchun – 
    bir nechta protsessorlardan iborat
    kompyuterlarni yoki bir nechta kompyuterlardan iborat 
    kompyuter tizimlarini
    yaratish kerak ekan. Ushbu sohaga oid adabiyotlarda - 
    tizim iborasi
    , bir nechta 
    kompyuterlardan iborat kompyuterlar jamlanmasiga nisbatangina emas, balki bir 
    nechta protsessorlardan iborat kompyuterga nisbatan ham ishlatiladi. Hozirda 
    bunday kompyuterlarni – 
    ko‘p yadroli protsessorga ega
     
    kompyuterlar yoki tizimlar 
    deb atalmoqda. Ushbu paragrafda ana shu xildagi kompyuterlarning tuzilish asoslari 
    bilan tanishib chiqamiz [1,4,5,32]. 

    Download 9,08 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




    Download 9,08 Mb.
    Pdf ko'rish