|
Ning to’garak ish rejasi 2023-2024-O’quv yili
|
bet | 40/74 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 26,75 Mb. | | #110626 |
Bog'liq TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
III.Mashg’ulotning borishi:
Gazlama qoldiqlaridan foydalanib uy ro`zg`or buyumlaridan yostiq tayyorlash jarayoni.
Biz bilamizki o`zbek xonadonini yostiqsiz tasavvur qilish qiyin. Yostiqning ko`p turlari mavjud ulardan ko`rpa tushakni yig`ishda orasiga qo`yiladigan uzun yostiqlar bu yostiqlarni qizlarimiz kelin bo`lib o`zga uyga ketayotgan vaqtda onalar kelin sepiga qo`shib berishadi. Kundalik holatda ishlatiladigan yostiqlarimiz kvadrat shaklida bo`ladi bo`lardan biroz dam olishlarda ishlatiladi.Uyga mehmon kelganda xontaxta atrofiga qo`yiladi chunki kelgan mehmon xorigan bo`lsa unga qo`lay bo`lishi uchun qo`yiladi. Yana yostiq turlaridan biri bezak yostik turlari yoki devanlar ustiga qo`yiladigan yostiqlar hisoblanadi. Yostiqlarni yaxlit matolardan yoki mato qoldiqlaridan foydalanib uy sharayitida tayyorlashimiz mumkin. Bugun sizlarga mato qoldiqlaridan tayyorlanadigan quroq usulida bezak yostiq tikilishi bilan tanishib chiqamiz.
Buning uchun bizga turli rangdagi mato qoldiqlari, ish qutisi, qaychi , shablon eskiz, flezilin, sentifon 2 dona katta hajmdagi keraksiz tugma, kerak bo`ladi.
Ishning bajarilish ketma ketligi.
1.Yostiq tikishda kerak bo`ladigan buyumlarni tayyorlab olamiz o`zimiz uchun qulay ish joyini tayyorlab olamiz.
2.Uchburchak shaklida shablon tayyorlab olamiz.
3. Mato qoldiqlari ustiga shablonni qo`yib chok haqi 1 sm tashlab qaychi yordamida 8 bo`lak yashil matodan, 8 bo`lak qizil matodan uchburchak shaklini qirqib olamiz. Qirqilgan mato bo`laklari orqasiga dazmol yordamida flezilinni yopishtiramiz.
Bir dona qizil bir dona yashil matoni ikkala uchini bir biriga qo`yib igna yordamida tikib olamiz. Har bitta tikilgan chok dazmollanadi. Shundagina bizning bajargan ishimiz chiroyli chiqadi. Shu tariqa ish ketma ketligi bajariladi. Ustki qismiga 4 bo`lak yashil, 4 bo`lak qizil, ostki qismiga ham 4 bo`lak yashil, 4 bo`lak qizil matolar kerak bo`ladi.Har bitta jarayon rasmlar orqali ko`rsatilgan. Tayyor bo`lgan yostiqning ichiga sentifon solamiz va ochiq qoldirilgan joyni tikib qo`yamiz. O`rtasiga kattaroq shakldagi tugmani olib ustki qismini mato qoldig`i bilan berkitib tikib chiqamiz va yostig`imizning o`rta qismiga bezak sifatiga tikib qo`yamiz.Mana mato qoldiqlaridan tayyorlangan yostig`imiz ham tayyor. Siz ham mato qoldiqlarini tashlab yuborishga shoshilmang ulardan uy ro`zg`orda kerakli bo`ladigan ajoyib buyumlar kolleksiyasini yaratishingiz mumkin.
|
| |