• Laboratoriya
  • Didaktik o‘yin
  • Nizomiy nomidagi tdpu




    Download 438.1 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana15.05.2023
    Hajmi438.1 Kb.
    #59925
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    тест талаба), MA\'RUZA 1, 2 5195375527107498443, Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.., 1-mus ish google, essay, 8uo-9, 9. ASP.NET veb-sahifalari fayllari, Mavzu; Neyron to’ri asosida qaror qabul qilishdagi shaffoflik-kompy.info, 2252, Zakhiriddin Mukhammad Bobur, 3- Кузатув кенгаш, jumagul
    Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan 
    jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil 
    qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab er maydoni, issiqxona, geografik 
    maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi 


    tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga 
    havola etadi. 
    Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p 
    marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. 
    Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy 
    va boshqa turlarga bo‘linadi. 
    Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan 
    foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda 
    qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga 
    oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. 
    Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni 
    sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori 
    darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan 
    takomillashtirilib boriladi. 
    Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining 
    bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin 
    ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi. 

    Download 438.1 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 438.1 Kb.
    Pdf ko'rish