• Masala yechish namunasi
  • Elektromagnit to‘lqinlarning sinishi




    Download 418.33 Kb.
    bet2/2
    Sana18.05.2022
    Hajmi418.33 Kb.
    #21300
    1   2
    Bog'liq
    FA 101 K Anvar Tolibboyev 11-sinf 22-mavzu
    Keys-stadi metodi, 2567, JASUR 1 2 3 4 laboratoriyalar, Borliq va yo’qlik tushunchalarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini o’zaro aloqadorlik jihatlari, Nutq oʻstirish metodikasi, 1, 1476361934 63510, O\'lmasova. Fizika. 2-kitob, 1-mavzu (1), 6-Mavzu Mol-mulk solig\'i, [07.01.2024 16 41] МАРГИЛАН ТАШКЕНТ ПАСС ЦЕНТР., gdfgdfgfdgfgfddfg, 68686
    Elektromagnit to‘lqinlarning sinishi. Uni o‘rganish uchun metall plastina o‘rniga parafin bilan to‘ldirilgan uchburchakli prizmadan foydalaniladi (4.7-rasm).
    4.6-rasm.
    4.7-rasm.
    Qabul qiluvchi antenna to‘lqinni qayd qiladi. Demak, elektromagnit to‘lqin ikki muhit havo-parafin va parafin-havo chegarasidan o‘tganda sinadi. Tajribalar elektromagnit to‘lqin bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda sinish qonunining bajarilishini ko‘rsatadi:
    (4–1)
    bunda: ε1 va ε2 – mos ravishda birinchi va ikkinchi muhitlarning dielektrik singdiruvchanliklari.
    Tebranishlar fazasi bir xil bo‘lgan, bir-biriga eng yaqin turgan ikki nuqta orasidagi masofa elektromagnit to‘lqin uzunligi deyiladi:
    Elektromagnit to‘lqinning asosiy xarakteristikasi uning chastotasi v (davri T) hisoblanadi. Chunki, elektromagnit to‘lqin bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda uning to‘lqin uzunligi o‘zgaradi, chastotasi o‘zgarmasdan qoladi. Elektr maydon uchlanganligi va magnit maydoni induksiya vektorlarining tebranish yo‘nalishlari to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikular bo‘ladi (4.8-rasm). Demak, elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlar ekan.
    4.8-rasm.
    y
    z
    λ
    E
    H
    v
    x
    v
    E
    O
    Elektromagnit to‘lqinning tarqalish tezligi u elektr maydon kuchlanganlik vektori E va magnit maydon induksiya vektori B ga perpendikular yo‘nalgan.
    Elektromagnit to‘lqinning asosiy energetik xarakteristikalaridan biri elektromagnit to‘lqin nurlanishining oqim zichligi hisoblanadi.
    Elektromagnit to‘lqin nurlanishining oqim zichligi deb, to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikular yo‘nalishda joylashgan S yuzali sirtdan Δt vaqtda o‘tuvchi W elektromagnit energiyasiga aytiladi:
    (4–2)
    To‘lqin nurlanishining oqim zichligi sirtning birlik yuzasidan bir davrda o‘tuvchi elektromagnit to‘lqin nurlanishining o‘rtacha quvvatidan iborat. Uni to‘lqin intensivligi deb ham atashadi.
    ni (4–2) ga qo‘yilsa, bo’ladi
    Nurlanishning oqim zichligi yoki to‘lqin intensivligining birligi
    Nurlanish oqimi yo‘nalishiga perpendikular joylashgan yo‘nalishda yuzasi S, yasovchisi cΔt ga teng bo‘lgan silindr hizaylik. Silindr hajmi ΔV = S · cΔt ga teng. Silindr ichidagi elektromagnit maydon energiyasi, energiya zichligining hajmga ko‘paytmasiga teng:
    (4–3)
    bunda: w– elektromagnit to‘lqin energiyasining zichligi. (4–3) formulani (4–2) ga qo‘yib, quyidagiga ega bo‘lamiz:
    (4–4)
    Elektromagnit to‘lqin oqimining zichligi, elektromagnit energiyasining zichligi bilan to‘lqinning tarqalish tezligi ko‘paytmasiga teng. Nuqtaviy manbadan chiquvchi elektromagnit to‘lqinlar barcha tomonga tarqaladi. Shunga ko‘ra, manbaning atrofida uni o‘rab turgan sohani sfera deb qarab, (4–2) formulani quyidagicha yozamiz:
    (4–5)
    bunda: S = 4πR2 sfera sirtining yuzi. Demak, nuqtaviy manbadan chiqadigan to‘lqinning intensivligi masofaning kvadratiga proporsional ravishda kamayib borar ekan.
    Elektromagnit maydonning elektr maydon kuchlanganligi E
    va magnit maydon induksiyasi B tebranayotgan zarralarning tezlanishi a ga proporsional. Tezlanish esa garmonik tebranishlarda chastotaning kvadratiga proporsional.
    Shunga ko‘ra E ~ ω2 va B ~ ω2 ekanligi e‘tiborga olinsa, maydonlar energiyasining zichliklari chastotaning to‘rtinchi darajasiga proporsional bo‘lishi kelib chiqadi:
    Masala yechish namunasi
    1. Elektromagnit to‘lqinlar qandaydir bir jinsli muhitda 2 · 108 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Agar elektromagnit to‘lqinlarning chastotasi 1 MHz bo‘lsa, uning to‘lqin uzunligi nimaga teng?

    E’tiboringiz uchun raxmat


    Download 418.33 Kb.
    1   2




    Download 418.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektromagnit to‘lqinlarning sinishi

    Download 418.33 Kb.