• MUNDARIJA
  • Kirish
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika




    Download 66.45 Kb.
    bet1/16
    Sana13.11.2023
    Hajmi66.45 Kb.
    #97695
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org
    1-topshiriq (2) (6), 2-Laboratoriyaga topshiriq (2) (3), 2, 2 laboratoriya isroilov, 1-topshiriq (4), MICROSOFT WORD, digital-transformation-google-cloud (2), MAMATQULOV MUXAMMADJON, Elektrolitlar ta\'sirida bo\'ladigan koagulyatsiya-fayllar.org, 11-amaliy ish mavzu Tashkilot risklarini baholash va tahlil qil, 4-uzb-dateline, Axborot xavfsizligi, diskret, 5-laboratoriya mashg‘uloti Daraxt ma\'lumotlarini tuzilishini o\'r-fayllar.org

    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    FIZIKA-MATEMATIKA fakulteti

    FIZIKA VA ASTRONOMIYA O`QITISH METODIKASI kafedrasi


    UMUMIY FIZIKA fanidan
    Himoyaga tavsiya etilsin

    fakultet dekani


    __________Djabborov. G`
    “____” ___________ 2020 yil


    Kurs ishi
    Mavzu:
    TO’LQINLAR VA ULARNING XOSSALARI: TOVUSH TO’LQINLARI, ELEKTROMAGNIT TO’LQINLAR, DE-BROYL TO’LQINLARI, GRAVITATSION TO’LQINLAR
    Himoyaga tavsiya etilsin
    kafedra mudiri
    O. Dusmatov ________
    “____” ___________2020 yil
    Ilmiy raxbar: p.h.d. Yusupov Hamid Toxirovich
    Talaba: FAO`M 301 - guruh talabasi
    Ne’matova Ezoza


    TOSHKENT 2020

    MUNDARIJA

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 1


    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 1
    NIZOMIY NOMIDAGI 1
    TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1
    FIZIKA-MATEMATIKA fakulteti 1
    FIZIKA VA ASTRONOMIYA O`QITISH METODIKASI kafedrasi 1
    UMUMIY FIZIKA fanidan 1
    Kirish 3
    1-BOB. TO’LQINLAR VA ULARNING XOSSALARI 7
    1.1-§. Tovush to’lqinlari 7
    1.2-§. Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari 12
    2-BOB. MIKROZARRALAR DUALIZMI. DE-BROYL G'OYASI 24
    2.1-§. Mikrozarralar dualizmi 24
    2.2-§. De-Broyl to'lqinlarining fizik ma'nosi 27
    XULOSA 37
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 38
    40
    33.www.Pedagog.uz 40

    Kirish



    Mavzuning dolzarbligi: Vatanimiz mustaqillikka erishgach, birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, yoshlarga jahon andazolari darajasida bilim berish, yuksak intellektual saloxiyatli, boy dunyoqarashga ega barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yo`nalishiga aylandi.
    Bu ishlar keyingi davrlarda ham o’zining yuksak ahamiyatini yo’qotmadi. Uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi yo’lga qo’yildi. Mamlakatimizda 2016-yilda siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalar bilan bir qatorda , ijtimoiy sohada ham chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Istiqlol yillarida respublikamizda ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan harajatlar hajmi 5 barobar ko’paytirildi. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri ta’lim-tarbiya sohasi bo’lib, uning rivoji siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarga bevosita ta’sir etadi hamda ijtimoiy sohalar meyoriy mohiyati, kamolot darajasini belgilab beradi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishida [2] maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yahshilash hamda ularni rivojlantirish chora tadbirlari turadi.
    Yoshlarining bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoit, katta e’tibor ularga katta mas`uliyat ham yuklaydi.
    Mamlakatimizda hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdirida odamlar dunyoqarashining o`zgarishida, buyuk davlat barpo etishdek orzuyimizning ro`yobga chiqishida zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
    Jamiyatimizning yuksak darajada rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotini e’tiborga olgan holda, ta’lim sistemasini uzluksiz ravishda takomillashtirishni hamda mutaxassislarning umum ta’lim darajasini keskin oshirishni taqozo etadi.
    Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o`qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o`quvchilar bilimining oshirib borilishi – o`qituvchidan o`z bilimini uzluksiz ravishda to`ldirib va yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi.
    Ajdodlarimizning asriy orzu armonlari ro`yobga chiqayotgan istiqlol yillarida boshqa sohalar qatori, umummilliy masala bo`lmish ta’lim tizimini isloh qilish, va rivojlantirish, shu jumladan maktab ta’limini taraqqiy ettirish ishlariga ham davlatimiz rahbari doimiy e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatib kelmoqda. Chunki kelajagimiz poydevori maktabda bunyod etiladi. Ulug` vatandoshlarimizdan biri ta’kidlaganidek maktab - taraqqiyotning boshlang`ichi, madaniyat va saodatning kalitidir.
    I.A.Karimov o`zining “ “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” [4] nomli asarida ta’lim tarbiya to`g`risida juda chiroyli va sermano fikrlarni keltirib o`tganlar.
    Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir hayotiy omil-bu ta’lim tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqdir.
    Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilishgan.
    Bu haqida fikr yuritganda men, Abdulla Avloniyning “”Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat-yo falokat, masalasidur””,-degan chuqur ma’noli so`zlarini o`ylayman[1].
    Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so`zlari o`tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki, undan ham muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalash va o`qitish sifatini oshirish, o`quv tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish, amalda o`qitish nazariyasining maktab faoliyati bilan bog`lanishini mustahkamlash, o`qituvchi kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo`yicha respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan qator qarorlarda ta’kid etilganidek, zamonaviy o`quv-metodik ishlanmalarga zaruriyat katta. Hozirgi zamon o`qituvchisi fan yutuqlari va zamonaviy o`qitish vositalari bilan qurollangan bo`lishi zarur bo`lsa, ularning umummadaniy saviyasi va darajasi zamon talablari asosida bo`lishi shartdir. Kurs ishida mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilganligi va muammoning ijobiy hal etilganligi uning qiymatini belgilab beradi.
    Ta’lim tarbiya islohati haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo`nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak.

    Download 66.45 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 66.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika

    Download 66.45 Kb.