• 1.5. Ammofos ishlab chiqarish jarayoning texnologik hisoblari, moddiy va issiqlik balanslari
  • Ammofos ishlab chiqarish moddiy balansi
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi




    Download 146,16 Kb.
    bet10/19
    Sana21.02.2024
    Hajmi146,16 Kb.
    #160015
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
    Bog'liq
    Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li-fayllar.org

    Donadorlangan ammofos. O’g’it sifatida ishlatiladigan donadorlangan diammofos apatit konsentrati, Qoratog’, Qizilqum va Pribaltika fosforitlari asosida hosil qilingan Ekstraksion fosfat kislotadan olinadi. Mahsulot tarkibida muvofiq ravishda: 48; 41; 48% P2O5o’zl., 43-45,5; 32; 41% P2O5s.e. va 18; 13,5; 13% N bo’ladi.
    Uni ishlab chiqarish sxemasi kristall mahsulot olish uchun yuqorida bayon etilganidek, ammo ammoniylashning ikkinchi bosqichi saturatorda emas, balki ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD) da amalga oshiriladi. Boshlang’ich kislota (32-38% P2O5) saturatorlarda ammiak bilan NH3:H3PO4  1,3:1,4 molyar nisbatigacha neytrallangan bo’lsa, AD jihozida esa 1,71.8 gacha amalga oshiriladi. Suspenziya AD jihoziga 70-75°C haroratda, retur esa 50OC haroratda beriladi va returning takroriyligi 3-4 martani tashkil qiladi. Materialning AD dan o’tish davri 6-8 minutni tashkil etadi. Donachalarni quritishda uning haroratini 72-75°C dan (to’g’ri yo’nalishda beriladigan o’txona gazlarining haroratini 200°C dan) oshirmaslik kerak. Tayyor mahsulot 25-27°C gacha sovutiladi.
    1.5. Ammofos ishlab chiqarish jarayoning texnologik hisoblari, moddiy va issiqlik balanslari.
    Ammoniylashtiruvchi donadorlagich sxemasi bo’yicha ammofos ishlab chiqarish moddiy balansi keltirilgan. Moddiy balansni tuzishda quyidagi kattaliklar olindi: neytrallagichdagi NH3:H3PO4 nisbati – 0,7; neytrallagich, ammoniylash donadorlagichlardan yo’qotiladigan umumiy namlik, boshlang’ich fosfat kislotadagi 1 t P2O5 hisobiga – 480 kg; jarayon retur soni – 4.
    Baland mo’rili quvurda hosil bo’ladigan va absorbtsiya tizimiga qaytariladigan kondensat absorbtsiya tizimida bug’lanadigan suv miqdoriga teng deb olinganligi sababli moddiy balans tuzishda e’tiborga olinmadi.

    16-rasm. Ammofos ishlab chiqarish moddiy balansi


    Fosfat kislotaning bir qismi to’g’ridan-to’g’ri neytrallagichga emas, balki absorbtsiya tizimiga, u yerdan neytrallagichga yuboriladi, bu moddiy balansda aks ettirilmagan.
    Boshlang’ich fosfat kislota tarkibida 52% P2O5, 7% qo’shimchalar, 21% suv; ammiak tarkibida esa 99,9% NH3 bo’ladi. Neytrallagichga gaz holatidagi ammiak, ammoniylashtirgich-donadorlagichga esa suyuq ammiak beriladi.
    2-jadval

    Download 146,16 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




    Download 146,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi

    Download 146,16 Kb.