Inshoga reja tuzish. Reja turlari




Download 77,64 Kb.
bet6/9
Sana13.01.2024
Hajmi77,64 Kb.
#136513
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
insho mavzuu tog;risi (2)...

Inshoga reja tuzish. Reja turlari.

Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzu asosida insho rejasi tuziladi. Reja – ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish rejimidir. Reja forscha-tojikcha “kir yoyiladigan ip”, “arqon”; “saf”, “qator” ma’nosidagi so‘z bo‘lib, biror ishni tartibi bilan va o‘z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo‘ljal, belgili tartib, qoida, o‘lchovni bildiradi (O‘TIL, III, 369). Tuziladigan reja insho mazmunini o‘zida to‘la-to‘kis namoyon qilib turmog‘i, izchillik asosida mavzudan chetga chiqmagan holda tuzilmog‘i darkor. Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Yaxshi tuzilgan reja inshoning izchilligini ta’minlaydi, o‘quvchi reja asosida qayd etilgan fikrdan keyin nima haqida bayon qilishni aniq his qilib turadi. Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko‘rinishda bo‘ladi.
Odatda, erkin va ijodiy mavzulardagi insholar yozilayotganda yoki aniq bir yozuvchining ijodiga baho berilayotganda sodda shakldagi insho rejalaridan foydalaniladi. Bunda rejadagi har bir band qisqa va sodda gaplardan iborat bo‘ladi. Sodda shakldagi insho rejasi tuzilayotganda mavzuga har tomonlama mos keladigan materiallardan, xalq maqollaridan va ibratli gaplardan, hikmatli so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘zida insho mavzusining barcha jihatlarini yaqqol aks ettirib turgan reja namunalari insho mazmunining ixchamlashtirilgan shakllaridir. Yaxshi tuzilgan rejalar inshoning yo‘nalishi, tarkibiy qismlari, mavzuning izchilligi haqida aniq bir tasavvur beradi. Bunday tipdagi insho rejalaridagi tartib arab raqamlari bilan belgilanadi va reja bandlari oxirida nuqta qo‘yiladi.
Sodda ko‘rinishdagi rejalar Sodda ko‘rinishdagi insho rejalari tuzilayotganda, undagi gaplar tarkibini 1), 2), 3) ... shaklida arabcha raqamlar bilan belgilash va ulardan keyin yarim qavs qo‘yish, shuningdek, ularni a), b), d) tarzida belgilash tavsiya etilmaydi. Tartibni belgilashning eng maqbul yo‘li arab raqamlarini qo‘yib, ulardan so‘ng nuqta ishlatishdir. «Izoh ma’nosidagi so‘zlardan keyin ikki nuqta qo‘yiladi», degan qoidaga asosan rejadan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Har qanday reja umumlashtiruvchi so‘z, tarkibidagi gaplar esa rejaning izohi, uning maqsadiga yo‘naltirilgan mantiqiy davomidir.
Sodda ko‘rinishdagi reja namunalari
Mavzu: «Do‘st bilan obod uying...»
Reja:
1.“Do‘st bilan odod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham...”.
2. Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi.
3. Do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi omillar.
4. “Do‘st bo‘lsang yonimda tur...”.
Mavzu: Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi
Reja:
1. Ozodlik va erk uchun kurash – ona xalqimiz jasorati.
2. Mustaqillik muborak, ona O‘zbekistonim!
3. Istiqlol va istiqbol – mushtarak tushunchalar.
Mavzu: Boburnoma – jahon memuarining nodir namunasi
Reja:
1. «Boburnoma»ning qomusiy tabiati.
2. Asardagi tarixiy joylar tasviri.
3. «Boburnoma»da shaxslar surati va siyrati tasviri.
4. Asarda moziyga aloqador faktlarning bayon etilishi.
5. «Boburnoma» matnining uslubiy xususiyatlari.
Mavzu: Muhammad Yusuf lirikasida ona – Vatan madhi
Reja:
1. Muhammad Yusuf lirikasining g‘oyaviy yo‘nalishlari haqida.
2. Muhammad Yusuf she’rlarida go‘zal tabiat tarannumi.
3. Shoir she’riyatida vatandoshlarimizga xos bo‘lgan sifatlar ifodasi.
4. Muhammad Yusuf ijodida milliy qadriyatlarning ulug‘lanishi.
Murakkab ko‘rinishdagi rejalar Insho yozishda sodda ko‘rinishdagi rejalar bilan bir qatorda, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab ko‘rinishdagi insho rejalarini tuzish mumkin. Murakkab ko‘rinishdagi reja namunalari sodda rejalardan o‘zining «Kirish», «Asosiy qism», «Xulosa» tarzida tarkibiy bo‘limlarga ajratilishi bilan keskin farqlanib turadi. Bundan tashqari, har bir qismning o‘zi alohida bandlarga bo‘linadi. Reja mavzuga mos bo‘lishi va maqsadga muvofiq tuzilishi kerak.
Masalan, “Alisher Navoiy she’riyatining badiiy xususiyatlari” mavzusidagi insho quyidagi murakkab reja asosida yozilishi mumkin:
Reja:
I. Kirish. Alisher Navoiy lirikasining badiiy xususiyatlari.
II. Asosiy qism:
1. Alisher Navoiy g‘azallaridagi badiiy san’atlar.
2. Alisher Navoiy ruboiylarida badiiy tasvir.
3. Alisher Navoiy qit’alari va tuyuqlarida majoz haqiqati.
III. Xulosa. Alisher Navoiy she’riyatidan olgan taassurotlarim. Adabiy mavzudagi insholarni murakkab, erkin mavzularni sodda reja asosida yoritish maqsadga muvofiq.
Mavzu: Boburnoma – jahon memuarining nodir namunasi
I. Kirish. Zahiriddin Muhammad Bobur – mahoratli ijodkor.
II. Asosiy qism:
1. “Boburnoma” – qomusiy asar.
2. “Boburnoma”da shaxs surati va siyratining haqqoniy ifodasi.
3. “Boburnoma”da madaniy munosabatlar tavsifi.
III. Xulosa. “Boburnoma” – voqelik esdaliklar tarzida yoritilgan asar.
Bunday tipdagi reja tuzilayotganda o‘quvchilar insho mavzulariga alohida diqqat-e’tibor bilan yondashmoqlari lozim, chunki adabiy xarakterdagi insholarning aksariyati voqealarga boy, rang-barang timsollar galereyasiga ega bo‘lgan, g‘oyaviy hamda badiiy jihatdan mukammal asarlarning mazmuniga asoslangan bo‘ladi. Bu esa murakkab insho rejasini tuzishda o‘ziga xos yondashuvni talab etadi. Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi insho rejalarida tinish belgilarining ishlatilishi sodda ko‘rinishdagi rejalarga qaraganda qiyinroq.
Murakkab rejalarda tinish belgilarining qo‘llanilishiga ham e’tibor qilish kerak. Bunda “Reja”, “Asosiy qism”dan keyin ikki nuqta, “Kirish”, “Xulosa”dan keyin nuqta qo‘yiladi. “Asosiy qism” uch va undan ortiq, “Kirish”, “Xulosa” qismlari bir band asosida yoritiladi.
MURAKKAB KO‘RINISHDAGI REJA NAMUNALARI
Mavzu: «Alisher Navoiy lirikasida insonparvarlik va adolatning ulug‘lanishi»
Reja:

  1. Kirish. Alisher Navoiy lirikasining umumiy tavsifi.

II. Asosiy qism:
1. Alisher Navoiy lirikasida insoniy fazilatlarning ulug‘lanishi.
2. Alisher Navoiy she’rlaridagi insonparvarlik aks etgan misralar sharhi.
3. Alisher Navoiy lirikasida adolat g‘oyalari tarannumi.
III. Xulosa. Buyuk mutafakkir qarashlarining bugungi kundagi ahamiyati.
Mavzu: «Mehrobdan chayon» romanidagi Anvar obraziga tavsif»
Reja:

  1. Kirish. Abdulla Qodiriy – dastlabki o‘zbek romannavisi.

II. Asosiy qism:
1. Anvar timsolida ilm-ma’rifatning ulug‘lanishi.
2. Anvar – o‘z so‘zida sobit turadigan sadoqatli do‘st.
3. Anvar timsolida vafodorlik va pokdomonlik tuyg‘ularining ulug‘lanishi.
4. Anvar timsoli orqali ijtimoiy tuzumdan norozilik kayfiyatlarining ifodalanishi. III. Xulosa. Anvar obrazining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati.
Mavzu: Abdulla Oripov she’riyati va zamonamiz
Reja:

  1. Kirish. Abdulla Oripov she’riyati haqida ma’lumot.

II. Asosiy qism:
1. Abdulla Oripov she’rlarida ona O‘zbekiston go‘zalliklarining ulug‘lanishi.
2. Shoir she’riyatida zamondoshlarimiz obrazi.
3. Abdulla Oripov she’rlarida istiqlol mavzusining yoritilishi.
III. Xulosa. Abdulla Oripov she’riyatidagi umuminsoniy qadriyatlar.
Yuqoridagi insho rejalarining sxemasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin.
Mavzu: «__________________ »
Reja:

  1. Kirish. _______________ .

II. Asosiy qism:
1. ________________________ .
2. ________________________ .
3. ________________________ .
III. Xulosa. ________________ .
«Asosiy qism»dagi bandlarning tartibi 1, 2, 3 singari arab raqamlari bilan belgilanadi, ulardan keyin nuqta qo‘yiladi. Bundan tashqari, insho rejalari matn mohiyatini to‘laroq aks ettirishi uchun «Asosiy qism» dagi arab raqamlari bilan belgilangan har bir band o‘z ichida mayda qismlarga bo‘linishi mumkin. Agar bandlar yana bo‘limlarga ajratilsa, raqamlar:1), 2), 3) yoki a), b), d) kabi harfiy shakllar bilan belgilanib, ulardan keyin yarim qavs, shunga muvofiq ravishda gaplarning oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi. Oxirgi bandda kelgan gapdan keyin nuqta qo‘yiladi.
Mavzu: «Nodira ijodiga tavsif»
Reja:

  1. Kirish. Nodiraning adabiy merosi haqida qisqacha ma’lumot.

II. Asosiy qism:
1. Nodira ijodida insoniy fazilatlarning ifodalanishi.
a) shoira ijodida insoniy mehr ifodasi;
b) Nodira she’riyatida adolatning ulug‘lanishi;
d) ishq-muhabbat – shoira she’rlarining asosiy mavzusi sifatida.
2. Shoira she’rlarida xalqparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi.
3. Nodira - vafodor yor va sevimli ona.
III. Xulosa. Nodira she’riyatining tarbiyaviy ahamiyati.
Sxemasi:
Mavzu: «__________________ »
Reja:

  1. Kirish. __________________ .

  2. II. Asosiy qism:

1._______________________________ :
a) ________________________ ;
b) ________________________ ;
d) ________________________ .
2._________________________________:
a) ________________________ ;
b) ________________________ ;
d) ________________________ .
III. Xulosa. ________________ .
Reja bandlarining belgilanish tartibini quyidagicha modellashtirish mumkin: I>1.>1); // a);. Ba’zan, o‘quvchilar she’riy yo‘l bilan reja tuzishga harakat qilishadi. Bunday rejalarni tuzish oson emas, albatta. Lekin har bir reja bandining she’riy tarzda berilishi aniqlikka, maqsadning to‘g‘ri ifodalanishiga monelik qiladi. Reja bandlaridan bir-ikkitasinigina mavzuga mos she’riy misralar orqali ifodalash mumkin. Mavzuga mos holda tuzilgan reja insho matnini mantiqiy izchillikda bayon etishga yordam beradi, insho qismlarining mutanosibligini ta’minlaydi. Shuningdek, ortiqcha takrorlar, mavzudan chetga chiqish hollariga yo‘l qo‘ymaydi. Rejaning har bir bandiga javob yozishda mavzuni yoritish uchun misollar va sitatalar keltirish o‘rinli bo‘ladi. Sitatalar insho matnida o‘rtaga tashlangan fikrlarni dalillaydi.
Xulosa qilib aytganda, insho rejasini tuzishda mavzu mohiyatini anglagan hamda o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya qilgan holda ish tutish lozim. Tezis yunoncha thesis “qoida”, “isbot” ma’nolaridagi so‘z bo‘lib, “ilmiy asar, maqola, ma’ruza va sh.k.dagi asosiy g‘oyalarning qisqa va lo‘nda bayoni”; “haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukm, mulohaza, fikr”ni anglatuvchi birlik sifatida qayd etilgan. (O‘TIL, IV, 52) Tezis mavzuning yoki matnning asosiy mohiyatini aks ettiruvchi qisqa ifodalar bo‘lib, masalaning keng yoritilishini ta’minlovchi, yo‘naltiruvchi xarakterga ega bo‘lgan umumlashma fikrlardir.
Tezis maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Matn mazmunini yorituvchi tezis (bunday tezislarning mohiyati “Qanday masalalar yoritilgan?” savoli mazmun-mohiyati bilan izohlanadi). Masalan, konferensiyadagi ma’ruza matninig qisqacha mazmuni shu tipdagi tezisga misol bo‘ladi.
2. Matn tuzishga yo‘naltiruvchi tezis (bunday tezislarning mohiyati “Qanday masalalar yoritiladi?” savoli mazmun-mohiyati bilan izohlanadi). Insho tezisi ikkinchi turga mansub bo‘lib, muallif fikrini jamlash, aniq ifodalashga, izchillik maqsadiga xizmat qiladi. Insho tezisi reja bandlari asosida shakllantiriladi. Reja bandlari insho mazmuniga qanchalik mos bo‘lsa, tezis ham shu darajada mukammal bo‘ladi. Tezislar butun insho mazmuniga yo‘naltiradi, shu bilan bir qatorda yaxshi insho yozishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Fikrlar tezisi – bu inshoda siz isbotlashga urinayotgan munozarali nuqtayi nazarlardir. Tezislarning aniq bo‘lishi talab etiladi. Masalan, “O‘lim ular uchun fojia emas, balki azobli hijrondan qutqarguvchi xaloskor, pirovard maqsadlari bo‘lmish Yaratganning vasliga noil qiluvchi vosita edi”. Ba’zan tezisda fikrlar borasida ma’lumot berish kerak bo‘ladi va bu bilan o‘quvchi maqsadga yo‘naltiriladi: “Navoiy Laylining o‘limi, otasining qahrini va ikki oila o‘rtasidagi nizolar tasvirini keltirib, yurak va aql doim turlicha harakat qilishini namoyon qiladi”. Demak, inshoning yuzaga kelish jarayonini quyidagicha modellashtirish mumkin: mavzu→ reja → tezis →matn.




  1. Download 77,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 77,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inshoga reja tuzish. Reja turlari

Download 77,64 Kb.