|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
|
bet | 8/9 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 77,64 Kb. | | #136513 |
Bog'liq insho mavzuu tog;risi (2)...FSMU texnologiyasi:
(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko`rsating.
(M) – Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring
(U) – Fikringizni umumlashtiring
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o`z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o`rgatadi.
“Zinama-zina” texnologiyasi: o`qituvchi o`quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo`lgani ma’qul); o`quvchilar mashg`ulotning maqsadi va uning o`tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog`ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo`lgan varaqlar tarqatiladi; o`qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog`ozdagi bo`sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko`rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi. Tarqatma materiallar to`ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg`ulotni yakunlaydi.
Ha-yo`q mashqi :O`qituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki tarixiy qahramon va sh. o`.) ni o`ylab qo`yadi. O`quvchilar esa unga savol berib, u nimani o`ylab qo`yganligini topishga harakat qiladilar. O`qituvchi ularning savollariga faqat “Ha”, “Yo`q”, “Ham ha, ham yo`q” so`zlari bilan javob beradi. Savol nojo`ya berilgan yoki o`qituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib, savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. SHunda u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi. Mashq yakunlanganidan so`ng albatta qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama o`tkazish shart.
Mashqning maqsadi – bolalarni savollarni tartibsiz berishga urintirmasmasdan, ularni izlash strategiyasini ishlab chiqishga o`rgatishdan iboratdir.
“Kungaboqar”: O`quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi. O`qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o`rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o`sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo`yadilar. Bu uslubdan o`tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
“Blis-so`rov” texnologiyasi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog`ozlarda ko`rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o`z fikrini boshqalarga o`tkaza olish yoki o`z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo`la olish kabi ko`nikmalarni shakllantirish. Mashg`ulotlar interfaol usullardan foydalanish ta`lim sifatini oshirishda muhum omil hisoblanadi. To`gri tanlangan usul maqsadga erishishda birlamchi qadam bo`lish barobarida talimda innavatsiya, erkin fikrlash, mulohaza yuritish va masalani yechimini izlab topish yo`l yo`riqlarini shakllantiradi. Zero muhtaram birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek, - “ Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar”
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, darsliklar koʻp yillik pedagogik, psixologik izlanishlar, ilgʻor tajribalar hamda jahon standarti namunalari asosida tuzilgan boʻlishi lozim. Xususan, umumtaʼlim fanlari boʻyicha yaratilgan darsliklarning tili sodda, ravon va tushunarli, oʻquvchi yoshi hamda psixologik xususiyatiga mos boʻlishi, ularning nutqi va dunyoqarashining oʻsishiga yordam berishi kerak.
Darsliklardagi har bir mavzu oʻzidan oldingi mavzuni toʻldirib, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishi zarur. U oʻquvchilarga odob-axloqni oʻrgatishga xizmat qilishi, ularda ona-Vatanga mehr-muhabbat, kishilarga gʻamxoʻrlik, mehribonlik, iltifotlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, vijdonlilik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Zamonaviy tarix darsliklarini yaratishda mavzular boʻyicha quyidagi komponentlarning mavjudligi hisobga olinishi lozim: (a) oddiy va aniq savollarni berish orqali oʻrganilayotgan mavzuni oʻrganishning maqsadini aniqlashtirish; (b) asosiy tarixiy nomlar, atamalar va sanalar asosida tarixiy voqelikni qisqa bayon etish; (v) kengaytirilgan sharhlar, axborotlar hajmini kamaytirish uchun har bir oʻquv savolidan keyin 5-6 tagacha narratologik (bayon etish ilmi) va tasviriy manbalardan foydalanish; (g) mamlakat tarixida katta oʻzgarish sodir boʻlgan voqealarni batafsil koʻrib chiqish uchun xronologik jadvallar (timelines) taqdim etish; (d) mavzuga aloqador asosiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati; (ye) oʻquvchilarning eʼtiborini qiziqarli va baʼzan bir-biriga zid dalillarga jalb etish uchun “Bu qiziq...” sarlavhasi ostida materiallar taqdim etish; (j) oʻrganilayotgan
mavzuni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilar uchun taqdim etiladigan savollar va ijodiy topshiriqlar.
Uzviylik tamoyilini amalga oshirish orqali zamonaviy darsliklarni yaratish va taʼlimni axborotlashtirish sharoitida undan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Zamonaviy darslik uzviylik va uzluksizlikka asoslangan shaxsni motivlashtirishning yaxlit tuzilmasini oʻzida aks ettirishi lozim. Yangi avlod darsliklarini yaratish uchun benchmarking-loyiha ishlab chiqilishi lozim. Benchmarking-loyihani tayyorlash bosqichida darsliklarni yaratish boʻyicha eng yaxshi amaliy tajribaga ega davlatlar haqida maʼlumot beruvchi manbalarni topish zarur. Shuningdek, tanlangan yondashuv va oʻzgartirishlar kiritish imkoniyati bilan bogʻliqlikda benchmarkingning obyekti aniq belgilanishi maqsadga muvofiq.
Darsliklar sifatini baholashda obyektivlikni taʼminlaydigan yangi metodikalarning ishlab chiqilishi hamda ekspert tahlilning muntazam oʻtkazib borilishi, xulosalarning aniq va ishonarli boʻlishiga erishish lozim.
|
| |