• Inshoni baholash mezoni
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti




    Download 77,64 Kb.
    bet7/9
    Sana13.01.2024
    Hajmi77,64 Kb.
    #136513
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    insho mavzuu tog;risi (2)...

    Inshoning baholanish tartibi

    Insho yozishda esa o`quvchilar yozma nutq malakalarini namoyish etadilar, o`zlarining tafakkur kuchi va iutq boyliklariga suyanadilar. Bu bayon bilan inshoning o`xshash tomonlaridir. Ular o`rtasidagi farq shundaki, agar bayon ta`limiy xarakterda bo`lsa, matn o`qib berilgach, o`quvchilar uning mazmunini og‘zaki gapirib beradilar. Shundan keyingina yozishga kirishadilar. Inshoda esa o`quvchilarga matn o`qib berilmaydi, balki faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo`yicha reja tuziladi va o`quvchilar shu reja bo`yicha o`z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar. Insho yozdirib bo`lingach, uni o`z vaqtida tekshirish va o`quvchilar bilan tahlil qilish shart. Baholashda quyidagi mezonga rioya qilinadi.

    Inshoni baholash mezoni





    Mazmuni


    Ball


    Savodxonligi


    Ball

    Mavzuga mos mazmunli reja tuzilgan bo`lsa, insho rejaga muvofiq yozilib, mantiqan izchil, so`z boyligi, ifoda qurilishi, badiiy matn yaratish qonun-qoidalariga monand, mustaqil ijodiy fikrlab yozilgan fikrlari yorqin, asosli bo`lsa


    20

    Inshoda hech qanday imlo va uslubiy xatolarga yo`l qo`yilmagan bo`lsa

    20


    Mavzu reja asosida to`liq yortilib, yuqoridagi talablarga javob bersa, rejaning biror bandi to`liq yoritilmagan bo`lsa


    19-18

    Bitta imlo xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa

    19


    Insho rejasi mvzuga mos, mustaqil va ijodiy tuzilgan bo`lsa, matn yaratishda asosan yuqoridagi talablarga amal qilingan bo`lsa, biroq fikrlar bog‘liqligi biroz buzilgan bo`lsa


    17-16

    Bitta uslubiy, bitta imlo, ikkita tinish belgida xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa

    18


    Insho asosan yuqoridagi talablarga javob bersa, biroq uning mazmunida, reja tuzilishida nomukammallik uchrasa, reja bandlari mavzuga to`liq monand bo`lmasa, fikrlar bayonida izchillik etishmasa.


    15-14

    Ikkita uslubiy, ikkita imlo, ikkita tinish belgida xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa.

    17


    Insho mavzusi asosan yoritilsa, reja tuzilishida va mavzuni yoritishda izchillik etishmasa, fikrlar va xulosalarni asoslashda nuqsonlar bo`lsa


    13-12

    Uchta uslubiy, uchta imlo va uchta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

    16


    Insho rejasida va matnni yoritishda sayozlik sezilsa, fikrlar izchil bo`lmasa, mavzudan chetga chiqish holat uchrasa


    11-10

    To`rtta uslubiy, uchta imlo va uchta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

    15


    Insho rejasi sayoz tuzilgan bo`lib, mavzuni yoritishda so`z boyligi, ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa


    9-8

    To`rtta uslubiy, to`rtta imlo va to`rtta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

    14


    Insho rejasi mavzuga mos bo`lmasa mavzudan chetga chiqish kabi nuqsondar uchrasa, inshoni yoritishda takrorlar va tarqoq fikrlar mavjud bo`lsa


    7-6

    Beshta uslubiy, beshta imlo va beshta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

    13


    Insho mavzusi yoritilmagan bo`lsa, reja bandlari mazmunsiz bo`lsa, o`quvchi mavzuni tushunmaganligi, fanni zaif bilishi sezilib tursa, fikrlar asoslanmagan, xulosalanmagan bo`lsa


    5-4

    Oltita uslubiy, oltita imlo va shuncha tinish belgida xatolarga yo`l qo`ygan bo`lsa

    12



    Insho mazmunidagi nuqson va xatolar soni hamda turiga qarab ishni baholash shu tariqa 0 balgacha davom ettiriladi.
    Xatolarni bartaraf qilishda ayniqsa yozma ish tahlilini o`tkazish yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash darsni tashkil etishda quyidagilarga e`tibor bermaslik natijasida o`qituvchilar ishida anchagina qiyinchiliklar kelib chiqmoqda.

    • yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning noto`g‘ri taqsimlanishi;

    • tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik;

    • xatoni bartaraf etish bo`yicha o`quvchilarning qiziqishini uyg‘ota olmaslik;

    • ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida ishlashga kam e`tibor berib, turli-tuman ish formalarini (kartochkalarning har xil turlari, darslikdagi mashqlardan foydalanish va hokazo) qo`llay olmaslik;

    • har bir o`quvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash qobiliyatini hisobga olmaslik, differentsial topshiriqdan foydalanmaslik;

    • yozma ishda yo`l qo`yilgan xatolarning to`g‘ri klas­sifikatsiya qilinmasligi tufayli o`quvchilar diqqatini (tipik xatolar ustida ishlash paytida) asosiy masalaga jalb eta olmaslik;

    • xatolar ustida ishlashga har bir o`quvchining mustaqil tartibda individual ishini tashkil eta olmas­lik;

    • yozma ishda qoniqarsiz baho olgan o`quvchilarning tahlil jarayonida e`tibordan chetda qolishi;

    • o`quvchilarning oldingi yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olmaslik hamda bu xatolarning qanday tartibda bartaraf etilayotganligini nazorat qilmaslik;

    • o`quvchilarni yo`l qo`yilgan xatoning sabablarini tahlil qilishga o`rgatmaslik;

    • tahlil jarayonida ularning «Imlo lug‘ati» bilan ishlashini tashkil eta ol­maslik.

    Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga o`xshaydi. Shuning uchun diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf etishda qo`llanilgan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida foydalansa bo`ladi.



    Download 77,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 77,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti

    Download 77,64 Kb.