|
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi
|
bet | 1/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 122,64 Kb. | | #115600 |
Bog'liq Marjona Maxmarajabova M Ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI
1-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-26-guruh talabasi
Marjona Maxmarajabovaning “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan
“ Media va axborot savodxonligi- raqamlashuv davrining asosiy talabi”
mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Sardor Fahriddinovich
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………3
Asosiy qism………………………………………………………….….4
Xulosa……………………………………………………………….….16
Mavzu bo’yicha test savollari ……………………………………….....17
Glossari…………………………………………………………………19
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………..20
Kirish
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o’zagini bilish zarur. «Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda. Mazkur atamaga aynan shunday tavsif www.edu.jobsmarket.ru saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko’ramiz.
ASOSIY QISM
|
| |