Media va axborot avodxonligi – raqamlashuv davrida




Download 122,64 Kb.
bet2/6
Sana11.12.2023
Hajmi122,64 Kb.
#115600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Marjona Maxmarajabova M Ish

Media va axborot avodxonligi – raqamlashuv davrida
Inson ma’lum bir ekologik muhitda xavf-xatarsiz hayot kechirishi uchun avvalo o’sha muhitda yashashning o’ziga xosliklari haqida xabardor bo’lishi zarur. Xuddi shunday zamonaviy inson eng ko’p vaqtini sarflayotgan, hayot kechirayotgan media muhitda xavfsiz yashashi uchun ham u o’zi faoliyat olib borayotgan, hayotiy zarur qarorlar qabul qilishiga ta’sir etayotgan muhitning o’ziga xosliklaridan xabardor bo’lishi ushbu muhitda xavfsiz yashashi uchun muhim zaruratdir. Ayniqsa, bugun mediatizatsiya hayotimizga chuqur va tezkor kirib borayotgan, ma’lumotlar hajmi tobora ortib borayotgan yangi global davrga kirib borishimiz jarayonida insonning ishonchli axborotga nisbatan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy kommunikatsiyaning kuchayishi natijasida axborotlar inson ongu shuuriga shiddat bilan oqib kelmoqda. Axborot asrida ommaviy axborot vositalari soni kundan kunga oshib bormoqda. Ixtisoslashgan, o’zining maxsus auditoriyasiga ega bo’lgan yangi tele va radiokanallar, gazeta va jurnallar faoliyat boshlayapti.
Insoniyat iste’mol qiladigan mahsulotlar ichida eng xaridorgiri – axborotdir. Unga ehtiyoj hamisha yuqori bo’lgan. Ayniqsa, hozirgi sharoitda, uning o’rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib borayapti. Axborotga bo’lgan talabning yuqoriligi, nafaqat uni uzatish vositalari, turlariga, balki axborotning asosiy vazifasi, mazmun-mohiyatiga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmayapti. Axborot texnologiyalarning rivojlanishi, ayniqsa, internetning paydo bo’lishi, birinchidan, axborotni tayyorlash va etkazish tezligini bir necha barobar oshirgan bo’lsa, ikkinchidan, uni qabul qilish imkoniyatlarini mislsiz darajada kengaytirib yubordi. Shu bois bu jarayonda uzatilayotgan axborotning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi u qadar e’tiborga olinmayapti. Natijada, axborot zamiridagi maqsad-muddao mavhumlashmoqda, undan turli maqsad va manfaatlar yo’lida foyda- lanilmoqda. Yolg’on, uydirma, soxta axborotlar esa auditoriya ongini salbiy ta’sir ko’rsatib, odamlar orasidagi turli munosabatlar, jamiyatda mavjud tartib-qoidalar, qadriyat va an’analarning izdan chiqishiga olib kelayapti. Qolaversa, bugungi kunda nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan yangiliklar, balki jiddiy elektron OAV, ayniqsa axborot saytlaridagi xabarlar ichida ham noto’g’ri axborotlar ko’p uchraydi. Bu esa yangiliklar kontenti iste’molchilari ularni tahlil qilmasdan qabul qilish va ularga ko’r-ko’rona ishonishlariga olib kelyapti.
“Oxirgi yillarda OAV axborot uzatish kanallaridan ham ko’ra fikr almashish vositasiga aylanib qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda borgan sari blogerlarning faoliyat ortib, jamoatchilik etakchilarining fikrlari auditoriyani an’anaviy OAV va internet axborot resurslaridan sekin-asta tortib olmoqdalar. Ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, foto va video xostinglarda omma e’tiboriga havola etilayotgan materiallar foydaluvchilar orasida keng muhokama qilinyapti. Zamonaviy kommunikatsiya vositalari borgan sari tekshirilmagan yoki mish-mishlarga asoslanib tarqatilayotgan axborot manbalariga aylanib qolmoqda. Afsuski, buni nazorat qilish imkonsizligicha qolmoqda.
Olimlar postindustrial jamiyat nazariyasida axborot qadriyatdan tovarga aylanarkan, uning sifati ham talab darajasida o’zgarishi tabiiy holligi ta’kidlaydilar. Xalqaro ekspertlarning axborot resurslari borgan sari “feyk” xabarlarga to’lib borayotgani va insoniyat yangi davr – post haqiqat (post-truth) davriga o’tayotgani xususidagi xavotirlari o’zini oqladi. Oksford lug’atiga ko’ra, “post-haqiqat” iborasi 2016 yil atamasi sifatida e’tirof etildi.
Sotsial tarmoqlar mutaxassislari ogohlantirganidek, total axborot appokalipsis (oxirat)ning yaqinlashishi haqiqat va yolg’on o’rtasidagi chegaralarning yo’qolishida ko’rina boshlaydi. Kunning asosiy qismini ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazadigan insonlarda bora-bora zerikarli reallikka apatiya (zerikarli kontent layk yig’ishi mushkul) shakllanib, haqiqatni yolg’ondan farqlash ehtiyoji yo’qolib boradi. Masalan, Facebook, Twitter va Googleda klik, layk, repostlar ta’minlab beradigan reklamali o’tishlar va shu orqali pul topish muhim (targeting reklamaning sozlashlari) bo’lishi mumkin. Axborot sifati esa ikkinchi darajali masalaga aylandi.
Haqiqiy voqelikni buzib ko’rsatuvchi arzon va ommabop vositalarning keng tarqalishi infokalipsisning asosiy sababidir. Bunday sharoitda har qanday inson aslida u sodir bo’lganmi-yo’qmi, istalgan voqeaga taqlid kilishi mumkin.
Voqelikni buzib ko’rsatuvchi texnologiyalarning dastlabki namunalari allaqachon barchaga ma’lum. Generativ neyrotarmoqlar yangi multimedia olamini shakllantirishni allaqachon boshlab yuborgan. Ularning yordamida odamlar hech qachon qilmagan ishlarini qiladigan yoki hech ham aytmagan gaplarini aytadigan qilib ko’rsatuvchi videolavhalar yaratish mumkin. Mazkur texnologiya asoschisi Yan Gudfellouning o’zi ham ushbu ma- salalar bilan bog’liq xavflarni tan olgan va yana 10 yildan so’ng YouTube ijtimoiy tarmog’ini haqiqiylaridan ajratish qiyin bo’lgan soxta videolavhalar bilan to’lib ketishini taxmin qilgandi. Yaqinda Nvidia algoritmi soxta videolavhalarni yaratishning ishonchli yo’llarini bilib oldi. Ma’lumki, tarmoqqa joylashtirilgan pornografik videolarda mashxur shaxslar yoki istalgan insonning yuzini suratga olish imkonini beruvchi dastur allaqachon paydo bo’lgan. Shu bilan birga, dunyodagi olimlar odamlar nutqni irod qilish, yuz ifodalari va imo-ishoralar ustida ishlamoqdalar. Endilikda taniqli siyosiy etakchining o’zi hech qachon aytmagan so’zlarini xuddi gapirgandek qilib ko’rsatuvchi video-lar yaratish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Bunda uning ovozi va yuz ifodalari (mimikasi) aslidan deyarli farq qilmaydi. Bir gap bilan, shu paytga qadar “feyk” yangiliklar qanday rezonans berayot-ganini jamiyatda sodir bo’layotgan voqea- hodisalardan juda yaxshi anglash mumkin.
Media va axborot savodxonligi kontseptsiyasi umuminsoniy huquqlarga asoslanadi hamda ayrim shaxslar, jamoalar va butun millatlar so’z erkinligi huquqi va axborotdan foydalanish erkinligi huquqidan foydalanishining asosiy sharti deb hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida qayd etilishicha, “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to’siqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g’oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi”.
Ushbu tamoyildan kelib chiqib, YUNESKO ta’kidlaydiki, media- axborot savod-xonligi kontseptsiyasi dunyoning barcha mamlakatlari fuqarolariga to’la ma’noda ushbu asosiy inson huquqidan foydalanish imkonini beradi. YUNESKONING media va axborot savodxonligi to’g’risidagi nashrlarida ta’kid­ lanadiki, “media va axborot savodxonligini o’zlashtirgan fuqarolar: 1) tegishli texnologiyalardan foydalangan holda axborot va mediakontentni olish, baholash, yaratish va tarqatish layoqatiga ega bo’ladi”. Bu odamlar: 2) o’zlarining axborot va OAV bilan ishlash sohasidagi huquqlarini, shuningdek, o’z ixtiyoriga bepul, mustaqil va turli-tuman axborot va mediatizimlar berilishi bo’yicha talab uchun o’z mas’uliyatini tushunadi va biladi. Media bilan munosabatda ular: 3) axborot va media ta’minotchilari roli va funktsiyasini, shuningdek, ushbu funktsiyalarning amalga oshirilishi shartlarini tushunadi. Bu hali hammasi emas, o’zaro axborot almashishning faol ishtirokchisi bo’lgani holda, ular: 4) bilim yaratishga va ularni keng ko’lamda tarqatishga qodir.
Mediasavodxonlik ko’nikmalarini uchta asosiy yo’nalishlar bo’yicha taqsimlash mumkin:

  • tushunish;

  • foydalanish;

  • yaratish

Mediasavodxonlikning markaziy tushunchalari haqida quyidagi grafikadan ko’rish mumkin.

Aslida, bu so’zlarning barchasi markazdagi so’zni to’ldiradi. Agarda ilgari savodxonlik haqida so’z ketganda odamning ma’lumoti, uning yozma va og’zaki nutqi, fikrlash kengligi va tafakkuri ko’zda tutilgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu tushuncha inson faoliyatining ko’p sonli yo’nalishlarini, shu jumladan, axborot, media va raqamli kommunikatsiya vositalari bilan bog’liq faoliyatni ham qamrab oladi. Bu esa ushbu tushunchaning kengayishiga olib kelgan.
Savodxonlik ham MASning asosiy tushunchalaridan biridir. Ushbu nuqtai nazardan uni quyidagi tavsiflar bilan to’ldirgan va aniqlashtirgan holda ko’rib chiqish maqsadga muvofiq:

Savodxonlik ham MASning asosiy tushunchalaridan biridir. Ushbu nuqtai nazardan uni quyidagi tavsiflar bilan to’ldirgan va aniqlashtirgan holda ko’rib chiqish maqsadga muvofiq:
Ushbu kategoriyalardan har biri o’z chegarasiga, o’zining farqli, ba’zan kesisha-digan, avvalgi jihatni to’ldiruvchi xususiyatiga ega. Masalan, computer literacy (kompyuter savodxonligi) bu kompyuter texnikasidan foydalanish layoqati, informatika asoslarini bilishni anglatsa, audiovisual literacy va visual literacy (audiovizual savodxonlik) makon va vaqtga oid audiovizual voqelikni tahlil va sintez qilish qobiliyatini ko’zda tutadi. Bu audiovizual mediamatnni o’ziga xos “o’qish” layoqati, audiovizual texnikadan foydalana olish, uning asoslarini bilish bo’lib, bular media kompetentsiyasining tarkibiy qismidir. Information literacy (axborot savodxonligi) umuman barcha sanab o’tilgan tushunchalarni qamrab axborot bilan tanishish, tahlil va sintez qilishni qamrab oladi. Barcha sanab o’tilganlardan media literacy (mediasavodxonligi) tushunchasi ajralib turadi va u media voqeligini tahlil va sintez qilish, mediamatndan foydalanish va uni tushunish, mediamadaniyat asoslarini bilishni, ya’ni mediata’lim natijasini nazarda tutadi.
Mediata’lim raqamli texnologiyalarning o’sib borayotgan ta’siri bilan uzviy bog’liq va dolzarb ahamiyatga ega. Agar ilgari Internetdan foydalanish oddiy syorfing va chatlardagi muloqot bilan chegaralangan bo’lsa, hozirgi paytda raqamli tashuvchilar bilan axborot almashinuvi shunchalik keng tarqalgan va faolki, tarmoqdan mobil foydalanish smartfonning dunyoga o’ziga xos oyna bo’lishini ta’minlaydi, uning foydalanuvchisini esa faol foydalanuvchiga, axborot tarqatuvchiga, uni yaratuvchiga aylantiradi. Shu sababli mediata’lim sohasidagi raqamlashtirish bilan bog’liq yana bir muhim tushunchani — prosyumer—mediani yaratishG’ishlab chiqarish ishtirokchisini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu so’z 1980 yilda Elvin Toffler tomonidan taklif qilingan bo’lib, “ishlab chiqaruvchi” va “iste’molchiG’konsyumer” so’zlaridan tashkil topgan. Yangi axborot voqeligi va mediaga to’lib toshgan dunyoda newmedia: raqamli media, mobil media, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. lar foydalanuvchisidan netvorking, remiksing, sharing, kontent va multimediani yuklab olish, yaratish, tarqatish va savodli tarzda foydalanish ko’nikmalarini talab qiladi. Aynan shu sababli newmedia ekotizimini ta’riflovchi yangi tushunchalar — raqamli savodxonlik, yangi mediasavodxonligi, multimediasavodxonligi tushunchalari paydobo’ldi. Hozirgi paytda gipermatnlilik tushunchasi nafaqat raqamli axborotga, balki tarmoqdan foydalanuvchilarga ham tegishlidir. Netvork raqamli aloqalar vositasida barchani va barcha narsalarni bog’lash tamoyili sifatida odamlar va mashinalar, mashinalar va dasturlar, robotlar va boshqa texnikalar o’rtasidagi muayyan kommunikatsiyani anglatadi. Mediasavodxonlik haqida so’z ketganda ekspertlar shuni qayd etadiki, “ko’nikmalarning an’anaviy to’plami kengaymoqda; katta ma’lumotlardan xabardorlik, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi, internetda qo’llaniladigan algoritmlarni bilish, shuningdek, mediaga kirishish va undan chiqish o’rtasidagi muvozanatga rioya qila olish yangi mediasavodxonlik komponentlari hisoblanadi”. Shu tariqa foydalanuvchining “online” yoki “offline” rejimini tavsiflovchi tushunchalar bugungi kunda insonlararo munosabatlarda va axborot almashinuvida eng muhim signalga aylandi.
MASning YUNESKO tomonidan ilgari surilgan 5 tamoyili.
1-tamoyil. Axborot, kommunikatsiya, kutubxona, media, texnologiyalar, internet jamiyat tomonidan tanqidiy foydalanilishi kerak. Ular
maqomi bo’yicha teng va ushbu manbalarning birontasini boshqalariga nisbatan ahamiyatliroq deb qaramaslik kerak.
2-tamoyil. Har bir fuqaro axborotG’bilim yaratuvchisidir. Har kim axborotG’ bilimdan foydalanish va o’zini ifodalash huquqiga ega. Media va axborot savodxonligi erkaklar uchun ham, xotin-qizlar uchun ham inson huquqlari bilan uzviy bog’liq bo’lishi kerak.
Internet va zamonaviy media sharoitida har qanday kishi axborot muallifiG’hammuallifi va tarqatuvchisi bo’lishi mumkin. Bu turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun jahon hamjamiyati tomonidan barchaga axborot berish vositalaridan foydalanish bo’yicha teng imkoniyat yaratish usullari ishlab chiqilmoqda. Hukumatlar bu borada ish olib bormoqda va o’z qonunchilik hujjatlariga axborot almashinuvi soha-sidagi huquqiy munosabatlarni, ma’lumotlarni olish va tarqatish bo’yicha huquqni, alohida shaxslarning chop etilgan materiallar bo’yicha majburiyatlari va mas’uliyatini tartibga soluvchi turli me’yorlarni kiritmoqda.
3-tamoyil. Axborot, bilim va xabarlar har doim ham betaraf, mustaqil yoki xolis bo’lavermaydi. MASning har qanday kontseptualizatsiyasi, undan foyda-lanish va qo’llash ushbu tasdiqning barcha fuqarolar uchun shaffof va tushunarli bo’lishini ta’minlashi kerak.
Faktlarni ajratib olish va tanlashni amalga oshirar ekanmiz, biz axbo-rotga va uning filtratsiyasiga ta’sir ko’rsata boshlaymiz. Bu har doim ham manipulyatsiya bilan bog’liq bo’lmaydi, balki urg’u berish uchun biz birinchi darajali va ikkinchi darjali ma’lumotlarni ajratamiz. Ayni paytda, bu dunyoni o’zimizning nuqtai nazarimizdan ko’rsatish yo’lidagi qadam hisoblanadi. Ushbu tamoyil, manbalar bilan ishlashda ham va umuman media bilan ishlashda ham bunday vaziyat kuzatilishi mumkinligini ta’kidlaydi, 21 ushbu faktni albatta hisobga olish kerak.

Download 122,64 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 122,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Media va axborot avodxonligi – raqamlashuv davrida

Download 122,64 Kb.