|
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi
| bet | 3/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 122,64 Kb. | | #115600 |
Bog'liq Marjona Maxmarajabova M Ish 4-tamoyil. Har bir fuqaro, bunday intilishni namoyish etmasa-da, yangi ma’lumotlar, bilim va xabarlarni olish va ularni tushunishni, boshqalar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’lishni istaydi. Ularning bunday huquqi hech qachon buzilmasligi kerak.
5-tamoyil. Media va axborot savodxonligini birdaniga o’zlashtirib bo’lmaydi. Bu - doimiy va dinamik tajriba va jarayon. U o’z ichiga axborotdan foydalanish, uni yaratish va uzatish, media va texnologik kontent bo’yicha bilim, ko’nikma va qarashlarni qamrab olganda yakunlangan, deb hisoblanishi mumkin.
Shunday qilib MAS asta-sekin, har bir shaxsning shakllanishiga parallel tarzda shakllantiriladigan kompetentsiyaga kiritiladi.
Yoshlar mediamahsulotlarni eng ko’p «qabul qiladigan» segment. Demak, har bir zamonaviy yigitqiz media bozorning «ich»ini bilib o’sishi kerak. Bu intellektual axborot asrining talabi, zamonaviylikning sharti. Shuning uchun ham YuNESKO mediata’limni XXI asrda madaniy ta’limning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilagan.
“Media ma’naviy mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hech kim “molim yomon”, demaydi. Buzg’unchi, jinoyatchi, johillar ham o’z g’oya mahsulotini “eng yaxshi buyum”, deydi. Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko’p. Gap odamning ana shu bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib taqaladi. Bugungi tilda aytganda, gap mediamadaniyatni to’g’ri egallashida”.
Demak, yoshlar mediamatnlarni o’qiyotgan, mediamahsulotni tomosha qilayotganda ularni qabul etish, tahlil qilish, baholash va yaratish, zamonaviy jamiyatda mediamahsulotlarning ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, madaniy kontekstini tushunishlari kerak. Bu esa odamning mediamadaniyati qandayligiga bog’liq. Ukrainalik pedagog olima S.M.Sterdenko mediamadaniyati yuqori kishini mana shunday tasvirlaydi: “Uning mediabog’lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo’ladi. O’ziga kerakli axborotni to’g’ri tanlay oladi. Axborotga tanqidiy yondashadi, chunki u medianing zararli ta’sirlarini biladi, qarshisida ochilgan mediamatnni o’z filtridan o’tkazib, keyin qabul qiladi. Mediamahsulotdan foydalanishda axloq me’yorlariga amal qiladi. Mediamahsulot yarata oladi».
Mediamadaniyat turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi. Aqlli yigitqizlarning o’z himoya qobig’i, ‘zirh’i bo’ladi. Ular media mahsulotlarni o’z «ma’naviy filtr”i (mafkuraviy immuniteti) orqali ko’ra olishadi, o’qib, tomosha qilishadi. Mediamatnlardagi targ’ibottashviqotni, biryoqlamalikni va buning sabablarini, ma’lumot tarqatuvchining niyatlarini ko’rib turishadi. Bunday mediamadaniyat mediamahsulotlarga tanqidiy yondashuvni belgilab beradi, aldanishlardan asraydi.
Nemis olimlari ushbu qonuniyatga tayanib muhim kashfiyot yaratishdi.
«Muhim ma’lumotga ega bo’lish hokimiyatga ega bo’lish; keraklisini keraksizidan ajratish yanada ko’proq hokimiyatga ega bo’lish; kerakli ma’lumotni o’z rejissurasiga asoslanib tarqatish yoki ushlab turish ikki karra hokimiyatga ega bo’lish demakdir. Odamlarga axborot orqali psixologik ta’sir ko’rsatishning imkoniyatlari ana shunday», deyiladi Germaniyaning asosiy politologiya darsliklaridan birida.
Media deb ommaviy axborot vositalariga (OAV) aytiladi. OAVning bir qator muhim xususiyatlari borki, ularni e’tiborga olmasdan OAV faoliyatiga to’g’ri baho berib va uni tashkil etib bo’lmaydi. Fikrimizcha, bu xususiyatlarning ichida eng muhimini taniqli kanadalik olim Maklyuen tushuntirib bergan: media – bu inson hissiyotlarining davomidir. Mazkur g’oya muallifning kitobida yaxshi tushuntirib berilganligi sababli, biz bu masalaga to’xtalmaymiz. Kitobning asosiy xulosasi sifatida shuni aytish zarurki, media, odamning aqlidan ko’ra, hissiyotlariga ko’proq ta’sir qiladi. Maklyuenning mashhur ta’biri – vositaning o’zi axborotdir – aynan shu g’oyani tasdiqlovchi ibora.
Zamonaviy ommaviy axborot vositalari turli xil formatlarda, jumladan bosma ommaviy axborot vositalari (kitoblar, jurnallar, gazetalar), televizor, filmlar, video o’yinlar, musiqa, mobil telefonlar, turli xil dasturiy ta’minot va Internetni o’z ichiga oladi. Har bir media turi tarkibni, shuningdek, ushbu kontent etkazib beriladigan qurilma yoki ob’ektni o’z ichiga oladi.
|
| |