D.N.Uznadze boshlang‘ich ta'limning bosh vazifasi bolaning ichki kuchlari va imkoniyatlari rivojlanishi uchun sharoit yaratib berishdan iborat, deb hisoblaydi. Tahsildagi asosiy narsa ta'lim berilayotgan predmetdan ko‘ra ko‘proq ushbu jarayonda faollashadigan kuchlarning rivojlanishiga bog‘liq33.Motivlar ehtiyojga undaydigan stimulga asosan tashqi va ichki motivlarga ajratiladi34. Shaxsning axloqiyligi, yo‘nalganligiga bog‘liq ravishda: shaxsiy va jamoa motivlari, g‘oyaviy va axloqiy motivlarni ajratish mumkin. Shunday qilib, ko‘p hollarda motivlar faoliyatga undovchi kuch sifatida baholanadi.
Motivlarni tasniflashda keng tarqalgan yo‘nalish bu - vaqtni hisobga olishdir. Unga ko‘ra: vaziyatli va doimiy namoyon bo‘luvchi motivlarni, qisqa muddatli va barqaror motivlarni ajratish mumkin.
Motivning tuzilishiga ko‘ra: dastlabki – mavhum maqsad mavjud motivlar, ikkinchi – aniq maqsad mavjud motivlarga ajratilgan35.
I.A.Vasilev va M.Sh.Magomed-Eminovning kitobida: umumlashtirilgan barqaror motivlar (muvafaqqiyatsizlikdan qochish va muvafaqqiyatga intilish motivlari), aniq barqaror motivlar(aniq kasbiy faoliyatdagi faollik), umumiy beqaror motivlar va aniq beqaror motivlarga (aniq qisqa muddatli maqsadlari mavjud) ajratilgan36.Respublikamizda hozirgi kunda o‘qish faoliyatidagi motivlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Masalan M.G.Davletshin, E. G’oziev, G‘.B.Shoumarov, V.A.Tokareva R.I.Sunnatova, A.A.Fayzullaev, A.K.Saitova, E.Z.Usmonova, M.Rasulova, F.I.Haydarov kabi psixolog olimlar ta'lim jarayonida o‘qish motivlarini o‘rganishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
|