|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 49/54 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #115 |
UMUMIY XULOSALAR
Olib borilgan tadqiqot ishlarimiz quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
-
Ilmiy manbalarning tahlili sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari o‘quv motivlarini ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil etishga harakat qilganliklarini ko’rsatdi.
-
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradigan omillari ichida o‘quv-biluv motivlari birinchi o‘rinda turadi.
-
Ta'lim motivlari jamiyat va ijtimoiy hayotdan ajralgan alohida bir shakl va ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin emas.
-
O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan.
-
Axborot texnalogiyalari asosidagi darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, ta’lim oluvchilarda o’quv jarayoniga nisbatan qiziqishlarning paydo bo’lishida, o’quv motivlarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
-
Ta'limda AKTning qo‘llanilishi o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda eng muhim vosita hisoblanib, o‘quv motivlarini yuzaga keltirishda AKT (kompyuterli o‘qitish; ta'limda multimediya-tizimlarni qo‘llash; ta'limda interaktiv kompyuter vositalarini qo‘llash) lardan foydalanish yuqori samara beradi.
-
O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi.
-
Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi.
-
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosaga kelish mumkinki, ta'limda axborot texnologiyalarini o‘rinli qo‘llash pedagoglarning resurslarni o‘zlashtirilishining oshishiga va eng muhimi o‘quvchilarning o‘quv motivlarini shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
|
| |