|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 48/54 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #115 |
Guruhlar
|
Sifat
|
Samara
|
Nazorat sinf
|
71%
|
79%
|
Tajriba sinf
|
89%
|
88%
|
Tadqiqot ishi davomida darslarda AKTning qo‘llanilishi o‘quv motivlarining shakllanishiga, bu esa bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.
3-BOB BO’YICHA XULOSALAR
-
Bizning tadqiqot ishimiz davomoda olib borilgan tajriba-sinov ishlarimizda boshlang’ich sinf o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qish motivlarni shakllantirish va ustunligini ta'minlash xususiyatlariga e'tibor qaratilgan.
-
O‘qituvchi o‘quvchilarda mustahkam ta'lim motivlarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning o‘zini rivojlantirish motivatsiyalarining o‘sishi dinamikasini muntazam kuzatib, tahlil qilib borish hamda o‘zlashtirishda nuqsoni mavjud ayrim o‘quvchilar faoliyatiga tegishli tuzatishlarni kiritib borishi talab qilinadi.
-
O‘quvchilar motivlarini aniqlashning individual shakllantiruvchi tajriba metodida topshiriqlar xilma-xilligi va murakkablik darajasining turliligi sharoitida amalga oshirilishi katta samara beradi. Shuningdek, individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi metod o‘quvchilar motivlarini aniqlashning eng samarali metodlaridan biri hisoblanadi.
-
O‘quvchilarning motivlari va ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ularni (so‘rov o‘tkazib borish) tashxislash hamda tashxis natijalari monitoringini yuritish talab etiladi.
-
Ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini ma’lum bosqichlar asosida joriy qilinadi.
-
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda asosan ta'limni axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish, «ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta'lim beruvchi- AKT-ta'lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi.
-
Axborot – kommmunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta'lim berish sharoitlariga nisbatan o‘quvchilarda ko‘nikmalar hosil qilish, ta'lim olish jarayonida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va roli bilan tanishtirish natijalari tahlili ijobiy ko’rsatkichlarni qayd etdi.
-
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘l – yo‘riqlari bilan tanishtirish, ushbu faoliyatning har bir komponenti ahamiyatini ochishga qaratilgan tajriba sinov ishimiz natijalari asodida o’quvchilarda o’quv motivlari shakllanganligi qayd etildi.
-
Darslarda AKTning qo‘llanilishi o‘quv motivlarining shakllanishiga, bu esa bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.
|
| |