|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 50/54 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #115 |
Tavsiyalar:
-
Magistrlik dissertatsiyasida to‘plangan ma'lumotlardan boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalari bilan mutaxassislik fanlaridan olib boriladigan mashg‘ulotlarda, pedagogik amaliyotda, maxsus seminarlarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda foydalanish mumkin.
-
O‘quvchining maktabdagi faoliyati faqat o‘quv faoliyatiga qaratishi lozim, degani emas. Bunda, o‘quv faoliyatini tashkil etuvchi barcha vositalarning qo‘llanilishining albatta ijobiy ta'sir kuchini e'tiborga olish lozim.
-
Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslarning o‘ziga xos xususiyati – bu mashg‘ulotlar pedagogga dars mazmunini boshqarish, o‘quvchilarning muayyan ijobiy tuyg‘ularini dasturlashtirish imkoniyatini beradi.
-
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida bilimga bo‘lgan motivlarining tarkib topishini asosiy sharti o‘qishga ishtiyoqi, ijobiy munosabati bilan belgilangani uchun o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish.
-
O‘quv faoliyatidan har bir o‘quvchi ijobiy natija bilan chiqishi uchun darsning har bir bosqichida o‘quvchilar motivlarini yakunidagi ijobiy ustanovka o‘quv faoliyati rivojiga imkon qoldirsin.
-
Aksariyat hollarda o‘quvchilarda o‘quv motivlarining yaxshi shakllanmaganligi ularning bilimsizligi yoki uquvsizligi sababli emas, balki yetarlicha shart-sharoitlarning mavjud emasligi bilan belgilash mumkin.
-
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda ularning ta'lim beruvchi funksiyasini yetarli darajada ochib bera olish lozim. Aks holda o‘quvchilarda tashqi motivatsiya kuchayib, bilimga intilish motivlari o‘z ustuvorligini yo‘qotishi mumkin. Dars jarayonida berilayotgan nazariy bilimlarni ko‘proq amaliyot bilan bog‘lab olib borishga harakat qilish kerak.
-
Motivlarni hosil qilishda yana bir jihat tashqi majburiy nazoratlardan o‘quvchilarni holi etish. Haddan tashqari majburiy nazorat o‘quvchilarning ichki motivini susaytiradi. Darslarda axborot texnologiyalarini qo‘llashda ana shu jihatlarning e'tiborga olinmasligi ham ularga nisbatan o‘quvchilarning qiziqishlarini so‘ndiradi.
|
| |