|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikasi
|
bet | 7/9 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 31,83 Kb. | | #139294 |
Bog'liq 304 guruh f. I. Sh Yo’ldasheva maftuna fan nomi kimyo o’qitish-www.fayllar.orgDars mavzusi : Kislotalarning olinishi va xossalari.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga kislotalarning olinishi va xossalari to’g’risida bilim berish ;
b) Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda sinfda, guruhlarda ishlashda bir-biriga ko’mak berish, boshqalar fikrini eshitish, hurmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarda masalalar yechish ko’nikmasini, laboratoriyada kislotalar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar:
Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya, shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish va foydalanish kompetensiyasi,;
Fanga oid kompetensiyalar: Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish , tushunish va tushuntirish kompetensiyasi, element va kimyoviy birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi, kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi.
Darsda foydalaniladigan usullar : « Og’zaki savol-javob », « Bilimlar hovuzchasi », « Ortiqchasini top », « Guruh bilan ishlash » , « Modulli usul».
Kerakli jihozlar : AKT, tarqatma savollar, oltingugurt, metall qoshiqcha, gugurt, keramik plita, quruq spirt, indikatorlar, NaOH, HCl, limon, sirka kislota.
Darsning borishi : I. Tashkiliy qism (3 min)
Salomlashish ;
Davomat olish ;
Uyga vazifani tekshirish.
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 min)
« Og’zaki savol-javob »
Murakkab moddalar deb nimaga aytiladi ?
Murakkab moddalarning qanday guruhlari bor ?
Kislota deb nimaga aytiladi ?
Tabiatda uchraydigan kislotalarga misol ayting.
Kislotalarning qanday turlari bor ?
Kislotalarning tarkibidagi kislorodga ko’ra turlarini ayting.
Kislotalarning tarkibidagi vodorod tarkibiga ko’ra turlarini ayting.
Bir, ikki, uch, ko’p negizli kislotalarga misol ayting.
Kislorodli va kislorodsiz kislotalarga misol ayting.
Kislota qanday tarkibga ega ?
Kislota qoldig’ining valentligini qanday aniqlaymiz ?
« Bilimlar hovuzchasi » (2 ta o’quvchi) (2-slayd)
Quyidagi kislotalarni turlar bo’yicha ajrating
HCl, H2SO4, HNO3, H2CO3, H2S, H3PO4, HNO2, H2SO3
« Kislotani top »
« Ortiqchasini top » (5ta o’qituvchi) (3-slayd)
H Cl, HNO3, HNO2, H2S
H2S, H2CO3, H2SO4, HNO3
H2S, HCl, HCN, H2CO3
Shu rasmga fikringizni ayting.
|
| |