• noan`anaviy modellari
  • Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering. An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari. An`anaviy dars




    Download 217.63 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana06.05.2023
    Hajmi217.63 Kb.
    #57034
      1   2
    Bog'liq
    Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering
    9.Polmierlar kimyosi 2018, SAPAYEVANODIRA, SAPAYEVANODIRA, KA, Sirkul - Vikipediya, 2-Shaxsiy topshiriqlar-2022-2023


    Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering. 
    An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy 
    qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari.
    An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi 
    shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat 
    ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p 
    hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda.
    Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. SHu bois, ba`zida 
    an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi.
    An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan 
    foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, 
    o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
    An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin.
    1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning 
    mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish.
    2. YAngi mavzuni yoritish. YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang 
    —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; 
    materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini 
    tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.
    3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal 
    qilish va tahlil qilish:
    4. Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, 
    o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
    5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz 
    bajarishadi.
    6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va 
    mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
    7. YAkunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash. 
    Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari qadamba-qadam 
    amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud emas. Bu o`quvchini darsga bo`lgan 
    ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi bir xillikni ta`minlaydi. SHunday bo`lsada, an`anaviy 
    o`qitishda o`ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an`anaviy ta`lim metodlari 
    quyidagi afzalliklarga ega:



    Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o`rganishda 
    foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va 
    o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir.

    O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat 
    qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar 
    ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar.

    Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga 
    oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi.
    An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv 
    jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar 
    quyidagilardir.

    O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy 
    boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi.

    O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga 
    keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-
    harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni 
    uyg`otmaydi.

    O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars 
    bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida 
    sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj 
    tug`dirmaydi.

    Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha 
    o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy ta`limda 
    mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani 
    mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi 
    mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi.

    Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. 
    Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi 
    g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi.
    O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
    Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda 
    o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi. 

    Download 217.63 Kb.
      1   2




    Download 217.63 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering. An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari. An`anaviy dars

    Download 217.63 Kb.
    Pdf ko'rish