• Hamkorlikda o`rganish modeli
  • Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering. An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari. An`anaviy dars




    Download 217.63 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana06.05.2023
    Hajmi217.63 Kb.
    #57034
    1   2
    Bog'liq
    Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering
    9.Polmierlar kimyosi 2018, SAPAYEVANODIRA, SAPAYEVANODIRA, KA, Sirkul - Vikipediya, 2-Shaxsiy topshiriqlar-2022-2023
    Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni 


    ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda 
    o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.
    Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim 
    olishini ko`zda tutadigan metod.
    O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga 
    yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.
    Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari:

    O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi.

    O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.

    Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi.

    O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi.

    Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.

    O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.

    Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi.

    O`z—o`zini baholashning o`sishi.

    O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati.

    Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi.

    Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni 
    ham rivojlantirishi.

    Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi.
    Noan`anaviy o`qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir.

    Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi.

    O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.

    Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past 
    bo`lishi.

    «Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho 
    olishi.



    O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish 
    ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi.
    SHunday qilib, bugungi kunda dars mashg`ulotlarida ham an`anaviy, ham noan`anaviy o`qitish 
    modellaridan foydalaniladi. Bunda mavzuning xususiyatiga, o`zlashtiriladigan materialning 
    mazmuniga va o`quv maqsadlarining tarkibiga va nazorat tizimining qanday tashkil etilish 
    jihatlariga e`tibor beriladi.
    Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli — tuman 
    o`quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o`quvchilarning o`zlashtirish 
    darajasini ko`tarilishiga olib kelar ekan.
    Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning 
    qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi, o`quv 
    materialini kichik — kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, 
    aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlarini qo`llash, rang—
    barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil 
    bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida 
    va vaqtida foydalanish talab etiladi.

    Download 217.63 Kb.
    1   2




    Download 217.63 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering. An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari. An`anaviy dars

    Download 217.63 Kb.
    Pdf ko'rish