• Elektr o’tkazuvchanlikning ahamiyati .
  • Noelektrolit va elektrolit eritmalarni xossalari




    Download 250.78 Kb.
    bet8/9
    Sana21.02.2022
    Hajmi250.78 Kb.
    #17916
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    7 dars.noelektrolit va elektrolit er

    Konduktometrik titrlash
    Konduktometrik titrlash hajmiy tahlil usullaridan biri bo’lib, bu usulda neytrallanish nuqtasini indikatorlar yordamida aniqlab bo’lmaydi. Konduktometrik usulda esa eritmaning rangi yoki uning loyqa bo’lishi xalal bermaydi. Bundan tashqari konduktometrik usul bilan bir qancha eritmaning masalan, birnechta kislota aralashmasining bir yo’la titrlash, har bir kislota miqdorini aniqlash mumkin. Bu usulning mohiyatini quyidagi misol orqali tushuntiramiz:

    Masalan, kislotani titrlash kerak bo’lsin buning uchun kislota eritmasidan ma’lum hajmda olinib uning ustiga ishqorning konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan
    eritmasidan oz-ozdan qo’shib boriladi va har gal eritmaning elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi. Ishqor qo’shilgan sari tez harakat qiluvchi vodorod ionlarining soni kamayib boradi. Natijada eritmaning elektr o’tkazuvchanligi ham kamayadi.

    =ышилган иш=ор ми=дори
    .1-rasm. Konduktometric titrlash.

    Тitrlanish nuqtasidan o’tgach erkin OH-
    ionlari ham to’plana boshlaydi. OH- ham
    tez harakat qiluvchi ion bo’lganidan, eritmaning elektr o’tkazuvchanligi yana oshadi. Тitrlash nuqtasida erkin H+ musbat va OH- ionlarining miqdori minimum
    bo’lganligi uchun (bu nuqtada elektr o’tkazuvchanlik asosan tuz ionlarining elektr o’tkazuvchanliklaridan iborat bo’ladi) elektr o’tkazuvchanlik qiymati ham minimum bo’ladi. Shunday qilib, minimum elektr o’tkazuvchan nuqtasi titrlanish nuqtasidir (1-rasm).
    Elektr o’tkazuvchanlikning ahamiyati. Odam va xayvonlar organizmi to’qimalaridagi elektr o’tkazuvchanlik hodisalari katta fiziologik ahamiyatga ega. Тurli to’qima va biologik suyuqliklarning elektr o’tkazuvchanligi turlichadir. Orqa miya suyuqligi, limfa, o’t va qonning elektr o’tkazuvchanligi yuqori bo’lib, muskul, teri osti to’qimalari ham elektr tokini yaxshi o’tkazadi. O’pka, yurak, jigar esa elektr tokini yomon o’tkazadi.
    Skelet muskullarining harakatlari, yurak qisqarishlari, markaziy nerv sistemasi xujayralarining qo’zg’alishi va tormozlanishi, impulslarning nervlar bo’ylab tarqalishi elektr xodisalari tufayli sodir bo’ladi. Natijada elektr potensiallar farqi yuzaga keladi. Yurak, bosh miya va skelet muskullarining ba’zi kasalliklarini diagnostika qilganda shu toklar maxsus asboblarda o’lchanib yozib olinadi. Biologik to’qimalar va suyuqliklarda ko’p miqdorda elektrolitlar bo’lib, ular elektr tokini yaxshi o’tkazadi va shundan foydalanib dorilarni ion holida, ya’ni ionoforez holida teri va shilliq parda ustiga tegishli elektrodlar orqali berish keng qo’llanilmoqda.



    Download 250.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 250.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noelektrolit va elektrolit eritmalarni xossalari

    Download 250.78 Kb.