• Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik bir-biridan 1 m oraliqda va 1m 2 yuzali ikki tekis elektrodlar orasida joylashgan elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligidir.
  • Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik bir-biridan 1m uzoqlikdagi 1m
  • Ayni ionning elektr o’tkazuvchanligi elektrolit tarkibida shu ion qanday ion bilan birikkanligiga
  • Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularning elektr tokini o’tkazish qobiliyatini xarakterlaydi




    Download 250.78 Kb.
    bet5/9
    Sana21.02.2022
    Hajmi250.78 Kb.
    #17916
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    7 dars.noelektrolit va elektrolit er

    Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularning elektr tokini o’tkazish qobiliyatini xarakterlaydi. U elektr qarshiligining teskari qiymatiga teng bo’lgan kattalikdir. Odatda qarshilik R o’tkazgichning uzunligi 1 ga, ko’ndalang kesim yuzasi S ga solishtirma qarshiligi ga bog’liq bo’ladi:
    (1)

    Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi solishtirma va ekvivalent o’tkazuvchanliklarga bo’linadi.
    Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik bir-biridan 1 m oraliqda va 1m2 yuzali ikki tekis elektrodlar orasida joylashgan elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligidir. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik s Sm/m (Simens bo’lingan metr; Sm=Om-1) da o’lchanadi. Muayyan temperaturada eritmani konsentratsiyasi ortishi bilan elektr o’tkazuvchanlik dastlab ko’paya boradi.
    ma’lum konsentratsiyadan so’ng esa, kamaya boshlaydi (64.1- rasm)
    s=1/R (2)
    Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik bir-biridan 1m uzoqlikdagi 1m2 tekis yuzaga ega bo’lgan elektrodlar orasiga joylashib, tarkibida 1 kg ekvivalent erigan modda bo’lgan eritmani elektr o’tkazuvchanligidir (64.2-rasm).
    (Vm3) (3)
    yoki (V=l) (4)
    bunda С-eritmaning kg-ekv. bilan ifodalangan konsentratsiyasi, V-konsentratsiyaga teskari miqdor – eritmaning suyultirilganligi erigan



    modda tutgan eritma hajmi m3 (yoki metr hisobida). Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikning o’lchami Om-1 m2 (kg-ekv)dir.
    Elektrodlarning «ishchi» maydonlari A eritma hajmi bilan aniqlanadi. Eritmaning konsentratsiyasi oshishi bilan ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik kamayadi. Тa’kidlab o’tish kerakki, suyultirish bilan elektr o’tkazuvchanlikni ortishi cheksiz bo’lmaydi. (64.3-rasm).

    2-rasm. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini izohlovchi sxema. А-elektrodlarning «ishchi» maydonlari (yuzalari).

    Ma’lum suyultirishdan so’ng elektr o’tkazuvchanlikning ortishi to’xtaydi, chunki keyingi suyultirish natijasida eritmada hech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Shunday qilib, eritma suyultirilgan sari elektr o’tkazuvchanlik ortib borib, ma’lum chegaraviy qiymatda to’xtaydi. Elektr o’tkazuvchanlikning bu chegaraviy qiymati cheksiz suyultirgandagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik deyiladi va odatda bilan belgilandi.
    Cheksiz suyultirgan eritmalarda molekulalar to’la dissotsialangan bo’ladi va ionlarning o’zaro ta’sirlari yo’qoladi. Har bir ion boshqa ionlarga bog’liq bo’lmagan holda harakatlanadi va bu holda ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik barcha ionlarning elektr o’tkazuvchanliklar ko’rinishida ifodalanadi. Elektr o’tkazuvchanlikning faqat bitta ion turiga to’g’ri keladigan qismi ionning harakatchanligi deyiladi. Cheksiz suyultirilgan eritmadagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik ionlar harakatchanliklarining yig’indisiga teng:
    (5)
    bunda –anion va kationning harakatchanligi. Bu tenglama Kolraush yoki ionlarning mustaqil harakatlanish qonununining matematik ifodasidir. Ayni ionning elektr o’tkazuvchanligi elektrolit tarkibida shu ion qanday ion bilan birikkanligiga

    Download 250.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 250.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularning elektr tokini o’tkazish qobiliyatini xarakterlaydi

    Download 250.78 Kb.