www.pedagoglar.uz
45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 30
Noma’lum sonni topishga doir misol va masalalar
Qirg‘izova Ixtibor Xashimdjanova
Namangan viloyati Yangi Namangan tumani 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu dars ishlanmada 2-sinf o‘quvchilariga matematika
fanidan “
Noma’lum sonni topishga doir misol va masalalar” mavzusida bir
soatlik ochiq dars ishlanma zamonaviy texnologiyalar asosida ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: masala,
misollar, noma’lum, shakllar,
raqamlar, materiallar,
usullar.
Noma’lum sonni topishga doir misol va masalalar
Dars maqsadi:
-noma’lum songa doir misol va
masalalar yechish;
-bunda qulay va oson usullardan foydalanish.
Asosiy tushunchalar
-ma’lum va noma’lum sonlar;
-had nomlari.
Didaktik materiallar
• sonli kartochkalar (har bir o‘quvchi uchun)
• 100 gacha bo‘lgan sonlar jadvali (har bir o‘quvchi uchun)
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
Darsning bosqichlari
Dars vaqti taqsimoti
1
KIRISH QISMI
5 daqiqa
2
ASOSIY QISM
40 daqiqa
Darsning borishi.
KIRISH 5 daqiqa
KUN MASHQI 3 daqiqa
www.pedagoglar.uz
45-son 8–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 31
Mashq: noma’lum sonlarni topishga doir misollarni yechish.
Kelin, bugun biz noma’lum sonlarni topishga doir misollarni yechishni mashq
qilamiz. Bo‘sh kataklarga qaysi sonlar mos keladi?
Doskaga ushbu piramidaga
o‘xshash chizma chiziladi. O‘quvchilardan bo‘sh kataklarda qanday sonlar turishi
kerakligini aniqlashni va sonly kartochkalarda ko‘rsatish so‘raladi.(10+10=20,
10+16=26, 20+26=46)
Bugungi darsimizda o'quvchilar 3 guruhga bo'lingan holda
bilimlarini sinovdan
o'tkazadilar.
1-guruh: 2-guruh: 3-guruh:
“Matematiklar” “Ixtirochilar” “Olimlar”
Guruh a’zolari har bir to'g'ri javob uchun rag‘batni qo'lga kiritadilar va o'z
guruhlari uchun ajratilgan sandiqqa soladilar. Dars oxirida sandiqchadagi rag‘batlar
sanalib, g'olib guruh aniqlanadi va o'quvchilar baholanadi.