|
mustaqil bo’linma hisoblangan buxgalteriyani tashkilqilish
|
bet | 10/17 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 37,99 Kb. | | #155453 |
Bog'liq Mavzu Korxona mustaqil xo\'jalik faoliyatini yurituvchi bozor su-fayllar.orgmustaqil bo’linma hisoblangan buxgalteriyani tashkilqilish;
shartnoma asosida ixtisoslashgan professional tashkilotga buxgalteriya hisobini yuritishnitopshirish;
mutaxassislarga shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritishnitopshirish.
Albatta, buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shaklini yirik va o’rta korxonalarda qo’llanilishi tabiiydir. Chunki bu korxonalarda buxgalteriya hisobida bajariladigan hisob ishlari hajmi ancha katta va murakkab bo’lib, ixtisoslashgan hisob bo’linmasi–buxgalteriyani bilishini talab qiladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ikkinchi va uchinchi shakllari kichik korxonalarda amalga oshirilishi mumkin.
Korxona mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning u yoki bu shaklini topmaydi. Har qanday sharoitda buxgalteriya hisobini yuritish va uning ahvoli uchun javobgarlik korxona rahbarining zimmasiga yuklatiladi. Chunki buxgalteriya hisobini yuritish uchun zarur bo’lgan sharoitlar va uning qonuniy-normativ bazasining moddiy jihatlarini ta’minlash, mutaxassislar va bosh buxgalterni tanlash va tayinlash korxona rahbarining zimmasiga yuklatiladi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilish uchun buxgalteriya apparat va uning tarkibini optimal belgilash katta ahamiyatga ega.
Buxgalteriya apparati va uning tarkibini belgilashda korxonada ishlab chiqarish faoliyatining hajmi va uning tarkibi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Chunki korxonada ishlab chiqarish hajmi katta bo’lsa, buxgalteriya hisobi o’zining nazorat qilish va ma’lumot berish vazifasini bajarishi uchun buxgalteriya apparati va tarkibini shunga mos ravishda tashkil qilishi zarur.
Shuningdek, buxgalteriya apparati va tarkibini tashkil qilishga korxonaning moliyaviy va investitsion faoliyati ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.
Korxonalardagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va aralash shakllarida tashkil qilinishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan shaklda tashkil qilinganda buxgalteriya yagona bo’linma bo’lib, faoliyat ko’rsatadi va barcha hisob ishlari buxgalterlar o’rtasida taqsimlanadi. Bunda buxgalterlarning ish jarayonidan samarali foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Buxgalteriya hisobi markazlashtirilmagan shaklda tashkil qilinganda markaziy buxgalteriya bilan birgalikda ishlab chiqarish bo’linmalarida ham buxgalteriya tashkil qilinadi. Bunday holda hisobning operativligi va tahliliy ma’lumotlar berish darajasi keskin ortadi.
Korxona hisob siyosatining barcha uslubiy, texnik va tashkiliy tomonlari yoritib berilgandan so’ng u rahbarning buyrug’i yoki farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi va yuridik kuchga ega bo’ladi.
|
| |