• MUSTAQIL ISH Mavzu : Kompyuterning grafik imkonoyatlari va turlari. Tayyorladi: N.Raximberdiyeva Qabul qildi: N.Safoyev Toshkent 2023
  • Nordic internatsional university axborot kommunikatsiya tehnalogiyasi fanidan mustaqil ish




    Download 23,37 Kb.
    Sana26.11.2023
    Hajmi23,37 Kb.
    #105923
    Bog'liq
    Kompyuterning grafik imkonoyatlari va turlari


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    NAVOIY VILOYATI O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI

    NORDIC INTERNATSIONAL UNIVERSITY
    AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEHNALOGIYASI FANIDAN

    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Kompyuterning grafik imkonoyatlari va turlari.
    Tayyorladi: N.Raximberdiyeva
    Qabul qildi: N.Safoyev
    Toshkent 2023

    Mavzu: Kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari.

    Reja:
    1. Kompyuter grafikasi tushunchasi
    2. Kompyuter grafikasi turlari
    3. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari
    4. Kompyuter grafikasida rang tushunchasi.
    5. Xulosa
    Kompyuter grafikasi tushunchasi
    Kompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animasiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Kompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni ―jonlantirish, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi. Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.

    2. Kompyuter grafikasi turlari.


    To’zilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi. Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi. Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi. Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni 63 ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida o’zatiladi.
    3. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
    Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin. Kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: • poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; • ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; • taqdimot ishlari uchun mo’ljallangan dasturlar; • ikki o’lchamli animasiya dasturlari; • uch o’lchamli animasiya dasturlari; • ikki o’lchamli animasiya dasturlari; • ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari; • videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; • ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar. Kompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi. Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va sho’nga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarning ko’p qatlamli to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar majmui kiritilgan. Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo’ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. Illstrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so’ng ularni masshtablash, aylantirish(o’z uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega. Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir 64 qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Taqdimot ishlari dasturlari. Makintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar. Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan. Bu dasturlar video a tovushli fayllarni qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi . Yangi turdagi taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi. Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud . Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo’lmasada, bu vositalarni OLE2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to’ldirish mumkin. Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi. Taqdimot dasturlari ichidan OSG’2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka (ihchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshqaruvga ega Novell Presentations dasturini, hamda slayd-ko’rgazmalar uchun Lifeboat Publishers firmasining Demo-it dasturini, taqdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish kerak bo’ladi. Ilmiy vizuallashtirish dasturlari Ilmiy vizuallashtirish dasturlari nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini hal qilishga, balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal qilishgacha mo’ljallangan. 65 ShK da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar hamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish uchun mo’ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish mumkin. Surfer paketi zqf(x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan ikki o’lchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan. U tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarini bajaradi hamda natijalarni vizuallashtiradi. Grapher dasturi yqf(x) ko’rinishdagi funksiyalarga ishlov berish va grafiklarini yasashga mo’ljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri chiziq 32000 tagacha nuqtadan iborat bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli, masshtabli bir nechta koordinata o’qlari bo’lishi mumkin. MapViewer paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni o’zgartirish, koordinatalarni o’zgartirish hamda kartalar bilan bog’lik raqamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga) ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda ishlatiladigan quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor: IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer. SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch o’lchovli tasvirini modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin. Video va komponovka bilan ishlash tizimlari. Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch o’lchovli grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish mumkin. Windows va Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi Adobe Premier raqamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir nechta mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va shriftlarni xosil qilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi Adobe firmasining CoSA After Effects dasturini ko’rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi Composer dastur AliasG’Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish uskunalaridan foydalanish imkoniga ega .Shular yordamida yuqori sifatli video maxsulotlarni yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashqari alohida kadrlarni va animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus effektlarni matnlarni qo’shish mumkin. Paket (dastur) nafaqat videoyozuvning oxirgi natijasini, balki oraliq kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda ko’zatish, ko’rish mumkin. 66 Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi qurilmalarni qo’llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muxitida videoga ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony, Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium dasturlari mavjud. Modellashtirish (2D va 3D). 2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin. Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin. AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin. IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha AliasG’ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformasiyalash vositalariga ega. IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga AliasG’ Wavefront firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin. Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega. Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa 67 Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, modellar va animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. Shuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi uchun qo’shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur dizayn va muxandislik masalalarining vizual yechimini yaratish(xosil qilish) imkonini beradi.

    Kompyuter grafikasida rang tushunchasi.


    Rang modellari. Kompyuter grafikasida rang juda muxim – ko’zatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini o’ynaydi. Biz ko’rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yoruq’lik ko’z qorachiq’i orqali ko’zimizga o’tadi va ko’z ichidagi asab xujayralarini qo’zq’atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan boq’langanligi tufayli ko’z yoruq’ligi miyaga o’tadi va ongimizda buyumni ko’rish tuyq’usi paydo bo’ladi. Biz buyumni ko’ramiz. Atrof muhitni bunday ko’rish qobiliyati ko’rish deb, ko’rish a’zosi esa ko’z deb ataladi. Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi. Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boq’langan. Agar ko’zning to’zilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular orasida o’xshashlik borliqini sezishimiz mumkin. Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bo’ladi. Rang modellari. RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko’rinuvchi spektrning turli hil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yellow) ranglar xosil bo’ladi. Rasm. 1.1. RGB modeli. 68 RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. Rq255, Gq255, Bq255 bo’lganda oq rang, Rq0, Gq0, Bq0 bo’lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin. CMYK modeli bo’yoqlarning nurni yo’tish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur o’tuvchi bo’yoqdan o’tishida spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam ko’ziga tushadi. Rasm. 1.2. CMYK modeli. Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo’ladi. Ularning to’liq aralashmasidan qora (blacK) rang xosil bo’ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. HSB(HSV) modeli. Model nomi o’nga asos bo’lgan uch komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rang toni; Saturation - to’yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam ko’zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan. Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak kattaligi bilan tavsiflanadi. To’yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul rangning boshqa rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to’la to’yingan rang). Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o’zgarishi mumkin.
    Xulosa
    Kompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni talab qiladi. Chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog`liq bo`lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar to`plamida to`g`ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo`llashni bilishi shart. Shu boisdan oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarini kompyuter grafikasi faniga qiziqtirish orqali zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatish oson kechadi. Bu orqali o‘quvchi yoshlar dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi. Ushbu o`quv qo`llanmada kompyuter grafikasining hozirgi kundagi zamonaviy dasturiy paketlari jumladan, Adobe PhotoShop, CorelDraw va Flash dasturlarining asosiy vazifasi, imkoniyatlari yoritib berilgan. O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining 5130200 – «Amaliy matematika va informatika» bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, 6 moduldan iborat. Har bir modul bo`yicha mavzular nazariy va amaliy misollar bilan tushuntirib berilgan. Shu bilan birgalikda CorelDraw, PhotoShop va Flash dasturlarida amaliy topshiriqlar bajarish ketma-ketligi ko`rsatilgan. O`ylaymanki, informatika fanini o`qitishda kompyuter grafikasi dasturiy paketlaridan foydalanish, o‘quvchilarda dizayn va grafika bo`lgan qiziqishlarini uyg`otadi, darsni samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi hamda o`quvchilarda kompyuter grafikasi doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi.
    Download 23,37 Kb.




    Download 23,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nordic internatsional university axborot kommunikatsiya tehnalogiyasi fanidan mustaqil ish

    Download 23,37 Kb.