|
Partisipativ uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir
|
bet | 10/24 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 334,11 Kb. | | #154731 |
Bog'liq aaaa Partisipativ uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
Partisipativ boshqaruv hamma bo’g’inlarda amalda ta’minlanishi darkor.
Xodimlarning turli toifalari o’zlarining boshqaruvidagi ishtirokiga turlicha talablar qo’yishlarini hisobga olish kerak. Masalan, ishchilar mukofotlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun nomzodlar ko’rsatishni birinchi o’ringa qo’yadilar.12
Bugungi kunda, menejerlar ma’naviy rag’batlantirish uslublaridan foydalanib, katta samaradorlikka erisha oladilar. Tadirkorlik faoliyatini rivojlantirishda firmalarda xodimlarni rag’batlantirishning shaxsiy tizimi ham bo’ladi. Korxonalarda hozirgi vaqtda mukofotlash tizimi ikki darajali: yillik mukofot tizimi va har oylik mukofot tizimiga bo’linadi.
Rag’batlantirishning yana bir turi - xodimlarga imtiyozli (foizsiz) qarz berishdir. Shuningdek, ko’pgina kompaniya va firmalarda farzand tug’ilishi munosabati bilan, oila qurilishi (nikoh rasmiylashtirilishi) munosabati bilan, yaqin qarindoshlar vafoti munosabati bilan eng kam ish haqi miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha moddiy yordam ko’rsatish amaliyoti ham mavjud. Yuqori samara bilan faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya va firmalarning tajribasi boshqaruv personalini rag’batlantirishda asosiy ish haqi hamda foydada sheriklikni hisobga olishga asoslangan. Bugungi kunda qo’llanilib kelinayotgan qo’shimcha rag’batlantirish tizimlarining hammasini asosan ikki guruhga bo’lish mumkin: ish
haqiga ustama to’lovlar xodimlar ish stajiga yoki faqat xizmatiga qarab amalga oshiriladi.
|
| |