Maxsulotlarni gidrotsiklonlar orqali klassifikatsiyalash




Download 13,14 Mb.
bet20/90
Sana13.05.2024
Hajmi13,14 Mb.
#228770
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

Maxsulotlarni gidrotsiklonlar orqali klassifikatsiyalash

Gidrotsiklonlar quyultirish, tasniflash va boyitish uchun ishlatiladi. Ular quyma yoki yig‘ma tuzilishga ega, ichki devori rezina yoki boshqa material bilan qoplangan bo‘ladi. Bu uni ishqalanish ћisobiga yoyilib ketishdan saqlaydi. Gidrotsiklonlar silindr yoki konussimon qismlardan iborat bo‘lib, bo‘tana keluvchi va suyuqlik chiqib ketuvchi quvurlari bor. Dastgoxning silindr qismiga nasoslar yordamida, bosim ostida R= (0,5–3x10 Pa ) Tangensal berilgan bo‘tana katta aylana tezlik bilan xarakat qiladi. Xosil bo‘lgan markazdan qochma kuch tasirida qattik og‘ir va yirik zarrachalar gidrotsiklon devorlariga borib uriladi va unga yopishib qoladi, so‘ngra sekin - asta pastga qarab sirpanib pastga tusha boshlaydi. Suyuqlik mayda zarrachalar bilan (sliv) solishtirma og‘irligi kichik bo‘lganligi sababli silindrning o‘rtasiga yig‘iladi va maxsus quvur yordamida tashqariga chiqarib yuboriladi .


Markazdan qochma kuchning qiymati, gravitatsion kuchga nisbatan o‘nlab marta katta bo‘lganligi sababli qattiq zarralarning saralash o‘lchamini kichiklashtirishga imkon beradi.
Tezlashtiruvchi kuchlar maydonini (markazdan qochma va gravitatsion) nisbati «saralash faktori» deb yuritiladi. va

Fc= (30)


tenglama bilan aniqlanadi .
bu erda R –aylanish radiusi, m ;
p - aylanish tezligi, ayl / daqiqa ;
(30) tenlamalardan saralash faktori aylanish soniga va radiusiga bog‘liq ekan .
Masalan: O‘lchami 300 mkm bo‘lgan zarraga gravitatsion kuch bilan pastga qarab qancha tezlik bilan xarakat qilsa o‘lchami 30 mkm bo‘lgan zarracha Fs= 100 li maydonda radial yo‘nalishda, shunday tezlik bilan xarakat qiladi. Sanoatda diametri 25 mm dan 1500 mm gacha bo‘lgan gidrotsiklonlar ishlatiladi. Eng keng tarqalganlari 350, 500, 700 va 1000 mm ga teng diametrli gidrotsiklonlardir.
Gidrotsiklonlarni konussimon qismi xar xil qiyalik ostida bo‘ladi:
10o bo‘lsa- quyultirish; 20o – tasniflash; 90o – boyitish uchun ishlatiladi
Gidrotsiklonlarni xilma – xil konstruksiyalari mavjud: konusli, qiska konusli, batareyali va x.k.
Gidrotsiklonlarda suyuklik va zarrachalarni xarakterlanishini kuyidagicha tasavur kilish mumkin:






Download 13,14 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Download 13,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxsulotlarni gidrotsiklonlar orqali klassifikatsiyalash

Download 13,14 Mb.