• Boyitish mahsulotlarining chiqishi
  • Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi
  • Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish




    Download 13,14 Mb.
    bet28/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    Komponentning miqdori deb, mahsulotdagi komponent og‘irligini mahsulot og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Boyitish natijasida erishiladigan boyitish darajasi deb boyitmadagi qimmatbaho komponent miqdorini uning dastlabki rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi. Boyitish darajasi boyitma dastlabki mahsulotga nisbatan qancha boyligini ko‘rsatadi.
    Boyitish mahsulotlarining chiqishi deb, boyitish natijasida olingan mahsulot og‘irligini dastlabki mahsulot og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. CHiqishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Birlik ulushlarda ifodalangan chiqishga teskari o‘lcham boyitish natijasida bir tonna mahsulot olish uchun dastlabki mahsulotning tonnalari sonini ko‘rsatadi.
    Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi deb, mahsulotdagi komponent og‘irligini shu komponentning dastlabki rudadagi og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Ajralishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Foydali komponentning boyitmaga ajralishi boyitishda shu komponentning qancha qismi dastlabki mahsulotdan boyitmaga o‘tganini ko‘rsatadi.
    Boyitish mahsulotlari va dastlabki mahsulotdagi qimmatbaho komponentning miqdori bo‘yicha chiqish va ajralishni hisoblash uchun formulalar chiqaramiz.
    Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
    Q, C va T – tegishli ravishda dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindining og‘irligi, t/soat yoki t/ sutka;
    α, β va θ – dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindidagi komponentning miqdori, %;
    γ - mahsulotning chiqishi, % yoki birlik ulushida;
    ε – ajralish, % yoki birlik ulushida.

    CHiqishni aniqlaymiz:


    boyitmaning chiqishi

    CHiqindining chiqishi

    Boyitish oxirgi mahsulotlari chiqishlarining yig‘indisi 100 % deb qabul qilinadigan dastlabki mahsulotning chiqishiga teng.

    Muvozanat tuzamiz:
    mahsulot bo‘yicha
    Q=C+T
    komponent bo‘yicha




    Mahsulot muvozanati tenglamasidan
    T = Q - C
    C = Q – T
    T va C larning qiymatini komponentning muvozanati tenglamasiga qo‘ysak

    va



    bundan

    va

    U holda chiqishlarni hisoblash uchun hisoblash formulasini olamiz.




    Komponentning ajralishini aniqlaymiz
    boyitmaga

    chiqindiga

    Komponentni boyitishning oxirgi mahsulotlariga ajralishi yig‘indisi uni 100 % deb qabul qilingan dastlabki mahsulot ajralishiga teng.







    larning yuqorida topilgan qiymatlarini ga qo‘yib ajralishni hisoblash uchun formulani olamiz.




    Texnologik ko‘rsatgichlar boyitish fabrikalaridagi boyitish jarayonlarini baholash uchun xizmat qiladi.


    1-misol.
    Misli rudalarni boyituvchi fabrikaning ishlab chiqarish unumdorligi 420 t/soat. Misning miq?dori: dastlabki rudada α=1,2 % boyitmada β=22 %, chiqindida θ=0,1 %. Boyitmaning va chiqindining chiqishi, misni boyitma va chiqindiga ajralishi va boyitish darajasini aniqlang.














    2-misol.
    Qo‘rg‘oshinli ruda tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdori 2%, boyitma tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori 55%, qo‘rg‘oshinning boyitmaga ajralishi - 85%.
    Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdorini aniqlang.















    Download 13,14 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish

    Download 13,14 Mb.