|
Yig‘uvchi reagentlarning birgalikda ta’siri
|
bet | 60/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)Yig‘uvchi reagentlarning birgalikda ta’siri
Flotatsiya amaliyoti ko‘rsatadiki, ikkita reagentni birgalikda ishlatilganda bitta reagentni ishlatilgandagiga nisbatan flotatsiya ko‘rsatgichlari yuqori bo‘ladi. Masalan, galenitni butilksantogenat bilan flotatsiyalanganda ajratib olish 50%, oleat bilan flotatsiyalaganda 60% tashkil qilgan. Ikkalasini 1:1 nisbatda olib, ularni sarfi 75 g/t bo‘lganda esa ajratib olish 90% tashkil qilgan.
Bu reagentlarni bir-biridan farqi katta. Ksantogenat – sulfgidril yig‘uvchi reagent, oleat esa oksigidrillar toifasiga mansub. Uglevodorodlar soni – ksantogenat molekulasida 4 ta, oleat molekulasining uglevodorod radikali zanjirida 17 tani tashkil qiladi. Har xil sinfga mansub reagentlarni birgalikda ishlatilganda bunchalik katta effekt berish sababini quyidagicha tushuntirish mumkin:
Ma’lumki, mineral yuza energiya nuqtai nazaridan bir xil emas. Bitta reagent ishlatilsa, u energiyasiga mos kelgan mineral yuza uchastkasiga shimiladi, boshqa joylar esa bo‘sh qoladi. Agar, ikkita reagentni (masalan, kuchli va kuchsizni) birgalikda ishlatilganda har bir reagent mineral yuzadagi o‘ziga mos bo‘lgan uchastkalarga joylashadi. Bu esa reagentlarni mineral yuzada teng tarqalishiga olib keladi va adsorbsion qatlam zichligi oshadi. O‘z navbatida flotatsiya ko‘rsatgichlari yuqori bo‘ladi.
Sulfgidrilli yig‘uvchilar
Qutblangan sulfgidril guruhi (-SH) bo‘lgan moddalarga sulfgidrilli yig‘uvchilar deyiladi. Bularga ksantogenatlar, diitiofosfatlar, merkantobenztiozol va boshqalar kiradi.
Ksantogenatlar
Ksantogenatlarning umumiy kimyoviy formulasi quyidagicha:
Bu erda, Me – kation K+, Na+, H+ yoki boshqalar;
R – alifatik uglevodorod radikali, masalan, S2N5 – etil, S4N9 – butil va boshqalar.
Ksantogenatlar – o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan qattiq dur modda, rangi oqdan sariqqacha o‘zgaradi, zichligi 1,3÷1,7 g/sm3, suvda exshi eriydi.
Solidofil guruhi uchburchak shaklida bo‘lib, uchburchak markazida uglerod, uchburchakning cho‘qqisida bitta kislorod va pastki uchlarida ikkita oltingugurt joylashgan (22-rasm). Solidofil guruhining kengligi 7×10-10 m, uglerod zanjirining kengligi 4×10-10 m, bitta anionni mineral yuzada egallangan maydonni 28×10-20 m2 ga teng (agar, chiziqli qurilishga ega bo‘lsa).
|
| |