• Apolyar yig‘uvchilar
  • Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar
  • Rasm 48. Solidofil guruxidagi ksantogenatlarning stereo-kimyoviy modeli




    Download 13,14 Mb.
    bet61/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    Rasm 48. Solidofil guruxidagi ksantogenatlarning stereo-kimyoviy modeli

    Ksantogenatlar anionlarining uzunligi 2.3.-jadvalda keltirilgan.


    Ksantogenatlar oksidlanib, dialkildiksantogenidlarga aylanadi.

    2ROCS2Me-2e = (ROCS2)2+2Me+.


    Ular namlik ta’sirida gidrolizlanib, ksantogenat kislotasini hosil qiladilar:


    + H2O = +MeOH.


    Haroratni, muhit nordonligini ortishi va ularning eritmadigi konsentratsiyasini kamayishi gidroliz jarayonini tezlashtiradi.


    Apolyar yig‘uvchilar


    Apolyar yig‘uvchilarga suvda erimaydigan, noinogen birikmalar kiradi. Ular organiq suyuqlik bo‘lib, neftdan olinadi Tarkibi va strukturasi uglevodorodlardan iborat bo‘lib, molekulasida qutblangan guruhi bo‘lmaydi, shuning uchun suv bilan ta’sirlanmaydi. Molekuladagi atomlar o‘zaro kovalent bog‘ hosil qiladi.
    Apolyar yig‘uvchilar o‘z tarkibida solidofil guruhi yo‘qligi uchun mineral yuzaga adgeziya yoki fizikaviy shimilish yo‘li bilan bog‘lanadi va ular ko‘proq suv yuzalarga shimiladi. Masalan, ko‘mir, grafit, oltingugurt, olmos va molibdenit (MoS2)larni flotatsiyalashda ishlatish mumkin.
    YUqorida aytilganidek, apolyar yig‘uvchilar asosan neftni qayta ishlash jarayonida olinadi. Sanoatda ishlatiladigan apolyar yig‘uvchilarga kerosin, vereten va transformator moylari, xatto neftni o‘zini ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari, neftni qayta ishlashda xosil bo‘lgan chiqindilarni ham apolyar reagentlar sifatida ishlatsa bo‘ladi.

    Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar


    Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning asosiy vazifasi flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalar yopishib olgan havo pufakchalarini mustaxkamligini oshirish, pufakchalarni bir-biriga qo‘shilib ketishidan asrash, bo‘tanada havo pufakchalarini bir o‘lchamda ushlab turish va pufakchalarni harakat tezligini kamaytirishdan iboratdir.
    Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar sirt faol moddalar (SFM) bo‘lib, suv-havo chegara sirtlariga o‘z-o‘zidan shimilish (adsorbsiyalanib), sirt energiyasini kamaytirish qobiliyatiga ega. SHimilishda polyar (qutblangan) guruh suv tomonda, suyuqmas, uglevodorod radikali esa uning sirtida bo‘ladi.
    Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning molekulalari geteropolyar qurilishga ega bo‘lib, ularning polyar guruhi, gidroksil (-ON), karboksil (SOON), karbonil (-SO), aminoguruh (NN2), sulfoguruhlarga (-OSO2ON yoki SO2ON) bo‘linishi mumkin.
    Amalda, gidroksil polyar guruhiga ega bo‘lgan reagentlar ko‘proq. ishlatiladi, Sababi, ular minerallarga kuchsiz bog‘lanadi va flotatsiyani tanlovchanligini oshiradi. Karboksil, amino- va sulfoguruhli reagentlar esa qisman yig‘uvchi reagent xossasiga ega.
    Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning xossalari ko‘proq gidrofob radikalining qurilishiga va uzunligiga bog‘liq,. Eng oddiysi alifatik radikal (- SN2 - SN2 -… SN2 - SN3). Radikal uzunligi oshib borgan sari ko‘pik hosil qilish yaxshilanib boradi, ammo bu ma’lum uzunlikkacha boradi. Radikal haddan tashqari uzun bo‘lsa, ularning ko‘pik hosil qilish qobiliyati yo‘qolib boradi, chunki uzun radikalli reagent molekulalari o‘zaro tortishib, assotsiatlar (agregatlar) - yirik molekulalar hosil qiladi, bu esa ko‘pik hosil qilish qobiliyatini yo‘qotadi.
    Ko‘pik hosil qiluvchilar ma’lum darajada suvda eruvchanlikka ega bo‘lish kerak. Alifatik ko‘pik hosil qiluvchilar orasida kislotalar, aminlar va spirtlar, aromatik birikmalar ichida - spirtlar, aminlar va kislotalar suvda eriydi.

    Download 13,14 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm 48. Solidofil guruxidagi ksantogenatlarning stereo-kimyoviy modeli

    Download 13,14 Mb.