1. Kimyoviy so‘rilish (xemosorbsiya). Kimyoviy so‘rilishda alohida fazaga ega bo‘lmagan kimyoviy birikma hosil bo‘ladi, bunda reagent, mineral durlik panjarasining to‘ynmagan bog‘lariga so‘riladi va qattiq faza yuzasida monomolekulyar xarakterga ega bo‘lgan birikma hosil qiladi. U qattiq faza bilan bir butun kompleks holda mavjud bo‘ladi.
2. Getrogen kimyoviy reaksiya. Bu xemosorbsiya jarayonining hajmiy ko‘rinishi bo‘lib, oldin reagent qattiq fazaga yutiladi, so‘ngra kimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi. Reaksiya natijasida mineral yuzasida yangi hosil bo‘lgan birikmadan iborat va alohida faza hisoblanuvchi ko‘p qavatli qoplama hosil bo‘ladi, bu esa mineral zarrachani suv yuqmasligini oshiradi.
3. Kimyoviy yutilish (adsorbsiya) – xemosorbsiya so‘zi bilan bir xil ma’noni bildiradi.
Elektrolitlarning suvli eritmalarini mineralga ta’sir qilishi kimyoviy yutilishga kiradi. Kimyoviy yutilishni molekulyar, ionli, almashuvchi va xos kabi turlari bor.
Molekulyar yutilishda qattiq jism eritmadan ekvivalent miqdorda anion va kationlarni yutadi. SHuning uchun uni elektr betarafligi qolib, potensiallar farqi hosil bo‘lmaydi. YUtilishning bu turi kuchsiz elektrolitlarga (kam dissotsiatsiyalanuvchi moddalarga) xosdir.
Agar eritma kuchli elektrolitdan iborat bo‘lsa, (masalan, NaCl) qattiq faza yuzasiga aytaylik imtiyozli kation so‘rilgan bo‘lsa, elektr betaraflikni saqlab qolish uchun albatta anion ham so‘rilishi kerak. Bu ionli yutilish turiga kiradi. Ionlarni qattiq faza yuzasiga imtiyozli yutilishi ion zaryadiga, gidratlanishiga va yutilish natijasida hosil bo‘lgan birikmaning eruvchanligiga bog‘liq.
Ionlarni qattiq faza yuzasiga yutilish tartibi quyidagicha:
Bir valentli ionlar uchun:
NH+4 > Cs+ > Rb+ > K+ > Li+;
YUqori valentli ionlar uchun:
Fe3+ > Al3+ > Ba 2+ > Ca2+ > Mg2+;
Anionlar uchun:
OH- > CNS- > J- > Br- > Cl- > SO2-4.
Almashuvchi yutilishda, eritmadan qattiq faza yuzasiga qanday ishorali ion yutilsa, xuddi shunday ishorali ion ekvivalent miqdorda qattiq fazadan eritmaga o‘tadi.
Xos yutilish eritmadan qattiq faza yuzasiga imtiyozli ravishda faqat kation yoki anion yutilsa, u holda qattiq fazani elektroneytralligi buziladi va potensiallar farqi paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida qo‘sh elektr qavati hosil bo‘lishiga olib keladi.
|