|
Jadval 23. Flotatsiyalanuvchi zarrachalar o‘lchamlarini yuqori chegaralari
|
bet | 66/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)Jadval 23. Flotatsiyalanuvchi zarrachalar o‘lchamlarini yuqori chegaralari
Minerallar
|
Zarrachalarning flotatsiyalash mumkin bo‘lgan eng katta o‘lchami, mm
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Sulfidlar
|
2-4
|
0,15-0,25
|
Sulfidmaslar
|
3-5
|
0,2-0,3
|
Ko‘mir
|
10-15
|
1-2
|
Oltingugurt
|
6-8
|
0,5- 1,0
|
Kabanov-Frumkin tomonidan nazariy ishlab chiqilgan tenglama yordamida hisoblangan zarracha kattaligi amaldagi zarracha kattaligiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Buning sababi, hisoblashda pufakchaga yopishib turgan zarrachani, undan uzilib tushish kuchi statik sharoitda faqat zarracha massasi bilan o‘lchangan. Amalda esa, zarrachani uzilib tushishi ko‘proq inersiya kuchiga bog‘liq.
Katta zarrachalarni flotatsiyalash uchun quyidagi sharoitlarni yaratish kerak:
1. Eng faol yig‘uvchi reagentlarni sarfini ko‘paytirib zarrachani suvyuqmaslik darajasini oshirish;
2. Zarrachani pufakchaga yopishishini mustahkamlovchi appolyar reagentlar qo‘shish;
3. Bo‘tanadagi pufakchalar sonini ko‘paytirish (aeratsiyani oshirish). Bo‘tanadagi havo miqdorini (pufakchalar sonini) oshirilganda yirik zarrachani ko‘tarib ketayotgan pufakchaning orqasidan ko‘tarilayotgan pufakcha, yuqoridagisini ko‘tarilishiga yordam berib, zarrachani sirg‘anib tushib ketishidan asraydi, ya’ni yirik zarracha bir emas bir nechta pufakcha yordamida yuqoriga ko‘tariladi.
4. Flotatsiyaning o‘rta qismida inersiya kuchini kamaytiruvchi, bir maromdagi sekin oqim hosil qilish;
5. Flotomashinaning yuqori qismida qalinligi uncha katta bo‘lmagan, sokin ko‘pik qatlam hosil qilish, flotomashinadan ko‘pikni ehtiyotlab sidrib olish (zarracha to‘kilib ketmasligi uchun).
Flotatsiyalanuvchi zarrachalarni yirikligini oshirish yo‘lida juda ko‘p olimlar (N.B. Matveenko, N.F.Meщeryakov, V,A. Malinovskiy va boshqalar) ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Jumladan, V.A.Malinovskiy flotatsiyaga tayyorlangan bo‘tanani ko‘pik qatlam yuzasiga berib, zarrachani yuqori yiriklik o‘lchamini oshirishga muyassar bo‘lgan. Bunga sabab, bo‘tana ko‘pik qatlamiga berilganda yirik zarracha bir emas, bir nechta pufakcha bilan uchrashadi, inersiya kuchi bo‘lmaydi. Tajribalar natijasida, bo‘tanani ko‘pik qatlamiga berilganda silvinit zarrachasini 4 mm, fosforitnikini 2 mm, arsenopiritnikini 3 mm va ko‘mir zarrachasini 6 mm kattalikgacha flotatsiyalanishi isbotlangan.
|
| |