Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish




Download 13,14 Mb.
bet65/90
Sana13.05.2024
Hajmi13,14 Mb.
#228770
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
Bog'liq
Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

Mis ko‘p orosi (SuSO4 ´ 5N2O) asosan sfaleritni faollantirish uchun ishlatiladi.
Sulfat kislota (N2SO4) sulfid yuzasida hosil bo‘lgan oksid pardani yuvib tashlash uchun ishlatiladi.
Muhit rNni moslovchi reagentlarga ishqorlar, kislotalar kiradi. Eng arzon ishqor oxak hisoblanib, so‘ndirilgan holda (Sa(ON)2) ishlatiladi. Uning suvdagi eruvchanligi 1,26 g/l.

Flotatsiyaga zarracha o‘lchamining ta’siri


Flotatsion bo‘tanadagi zarrachalarning o‘lchamlari mikrondan to bir necha millimetrgacha bo‘lish mumkin.. Zarrachalarni flotatsiyalanuvchanligi, ko‘pincha ularning o‘lchamiga bog‘liq.
Zarrachalarni optimal kattaligi, ularni suvyuqmasligi va zichligiga bog‘liq. Suvyuqmasligi yuqori va zichligi kichik minerallarning optimal kattaligi yuqori bo‘ladi. O‘lchamlari 0,1 dan 0,02 mm gacha bo‘lgan zarrachalar flotatsiya usuli bilan yaxshi ajraladilar. O‘rtacha o‘lchamga ega bo‘lgan zarrachalar tezroq va to‘liqroq boyitmaga o‘tadi hamda ularni flotatsiyalash uchun reagentlar kamroq, sarflanadi. Boyitmani eng toza fraksiyalari yirik zarrachalardan tashkil topadi, sifatsiz qismi esa mayda zarrachalardir, chunki mayda zarrachalarni flotatsiyalashda tanlovchanlik kamroq.
Flotatsiya chiqindisining tozaroq qismi o‘rtacha kattalikdagi zarrachalardan tashkil topadi. Yirikroq va o‘ta mayda zarrachalardan tashkil topgan qismi esa foydali minerallarga boyroq bo‘ladi. CHunki yirik va mayda zarrachalar qiyinroq flotatsiyalanadi. Flotatsiyada zarracha o‘lchamining chegara qiymatini aniqlab olish o‘ta muhim tadbirdir. CHunki maydalash, yanchish apparatlari, quyiltirish, suzish, quritish jarayonlari va flotomashinalarning unumdorligi zarra o‘lchamiga bog‘liq. Masalan, flotatsiyalanuvchi zarracha o‘lchamini yuqori chegarasini 0,2 mm dan 0,3 mm gacha kattalashtirilsa, tegirmonlarni unumdorligi 30 % oshadi.
Flotatsion bo‘tanada ozmi, ko‘pmi o‘lchami 3 mk kichik. bo‘lgan o‘ta mayda zarrachalar - shlam bo‘ladi. Bunday o‘ta mayda zarrachalar o‘ziga xos xususiyatga ega, ya’ni solishtirma yuzasini katta, adsorbsiyalash (yutish) qobiliyati yuqori, reaksion faoldir.
O‘ta mayda zarrachalar flotatsiya jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni:
- boyitmani keraksiz jins zarrachalari bilan ifloslantiradi;
- yirik zarrachalarni flotatsiyalanishini yomonlashtiradi.
Bunday salbiy ta’sir etishining sababi bir nechta:
1) yirik zarracha sirtiga yopishib olib, uni flotatsiyalanish qobiliyatini susaytiradi;
2) havo pufakchalari sirtiga yopishib olib, flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarni pufakchaga yopishish imkoniyatini kamaytiradi;
3) flotoreagentlarni o‘ziga shimib olib, yirik zarrachalarga reagent qoldirmaydi.
Mayda shlamlarni flotatsiyaga ko‘rsatayotgan sapbiy ta’sirini kamaytirish uchun quyidagicha tadbir ko‘riladi:
- flotatsion bo‘tanaga mayda zarrachalarni yirik zarracha va havo pufakchalariga yopishtirmasligini ta’minlovchi peptizatorlar deb ataluvchi maxsus reagentlar qo‘shiladi;
- flotatsiyani suyultirilgan bo‘tanada olib boriladi;
- flotoreagentlarni bo‘lib-bo‘lib (drobnaya) qo‘shiladi;
- shlamlarni shimish qobiliyatini kamaytiruvchi reagentlar qo‘shiladi;
- shlamlarni bo‘tanadan ajratib tashlanadi va hokazo.
Flotatsiyalanuvchi zarrachalar o‘lchamining yuqori chegarasi bo‘lib, kattaligi shu chegaradan o‘tsa, u zarracha flotatsiyalanmaydi, chunki pufakcha zarrachani ko‘tara olmaydi. 13-jadvalda flotatsiyalanuvchi zarrachalar o‘lchamlarini yuqori chegaralari keltirilgan.



Download 13,14 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Download 13,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish

Download 13,14 Mb.