|
Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish
|
bet | 73/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)Nazorat uchun savollar:
Flotatsiya usulida boyitishning mohiyati nimadan iborat?
Flotatsiya jarayonida to‘plovchi reagentlarning vazifasi nimadan iborat?
Flotatsiya jarayonida so‘ndiruvchi reagentlarning vazifasi nimadan iborat?
Flotatsiya jarayonida faollashtiruvchi reagentlarning vazifasi nimadan iborat?
Flotatsiya jarayonida ko‘pik xosil qiluvchi reagentlarning vazifasi nimadan iborat?
Flotatsiya jarayonida muhit regulyatorlarining vazifasi nimadan iborat?
Flotatsiya jarayonining texnologik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
Mineral zarra yuzasining ho‘llanishi deganda nima tushuniladi?
Selektiv flotatsiya sxemasi deb nimaga aytiladi?
Nazorat flotatsiyasi deb nimaga aytiladi va u nima maqsadda qo‘llaniladi?
Tozalash flotatsiyasi deb nimaga aytiladi va u nima maqsadda qo‘llaniladi?
Flotatsiya jarayoniga reagentlar qanday tartibda qo‘shiladi?
MA’RUZA №16 Mavzu: Flotatsiya mashinalarining turlari va ishlash tartibi
Reja:
1. Flotomashinalarning turlari 2. Flotamashinalarning hajmini hisoblash
Tayanch iboralar: kamerali, kalonnali, o‘zgarmas sathli, koritali mashinalar, asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi, nazorat flotatsiyasi, flotatsion sxemalar, flotatsiya bosqichi, flotatsiya sikli, qimmatbaho komponentlarning ajralish
Hozirgi vaqtda sanoatda bir necha yuzlab har xil konstruksiyaga ega bo‘lgan flotomashinalar ishlatilmoqda. Flotomashinalarni asosan bo‘tanani aeratsiyalash usuliga qarab tasnifyaash qabul qilingan. Flotomashinalarning turlari 25-jadvalda keltirilgan.
Bundan tashqari, flotamashinalarni bo‘tananing mashinalarda harakat yo‘nalishiga qarab tasniflash mumkin. Ular uch turga bo‘linadi: karita shaklidagi mashinalar, umumiy sathli va kamerali flotamashinalar (53-rasm).
Karita shaklidagi mashinalar yaxlit bo‘lib, uzunasiga cho‘zilgan. Flotatsiyaga tayyorlangan bo‘tana mashinani bir tomonidan beriladi va u qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, chiqindi ikkinchi tomonidan chiqib ketadi. Ko‘pik esa karitaning uzunasi bo‘yicha hamma eridan, uning ikkala qirg‘og‘i (borti) ga o‘rnatilgan novga tushiriladi. Bo‘tanani sathi kameraning hamma erida bir xil bo‘ladi (53-rasm, a).
|
| |