Rasm 55. Magnit maydoni xarakterini tok ulangan sim o‘tkzilganda o‘zgarishi




Download 13,14 Mb.
bet76/90
Sana13.05.2024
Hajmi13,14 Mb.
#228770
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
Bog'liq
Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

Rasm 55. Magnit maydoni xarakterini tok ulangan sim o‘tkzilganda o‘zgarishi.

a) magnit maydoni kuchi chiziqlari;


b) tokli o‘tkazgich ( o‘tkazgichni o‘z maydoni);
v) magnit maydoniga tokli o‘tkazgich joylashtirilgandan keyingi magnit maydoni;
27-rasmni (v) ko‘rinishini taxlil qilsak , o‘tkazgichni chap tomonida o‘tkazgichni o‘z maydoning kuch chiziqlari tashqi magnit maydoni kuch chiziqlariga qarama –qarshi yo‘nalgan, ung tomonda esa shu maydonni kuch chiziqlari yo‘nalishi bo‘yicha shuning uchun natijaviy maydon o‘tkazgichni chap tomonida siyraklashgan, o‘ng tomonida esa quyiqlashgan. To‘g‘irlanishiga (qaddini roslashga) intilgan kuch chiziqlari o‘tkazgichning o‘ng tomonidan chapga qarab mexaniq ta’sir qila boshlaydi.
Qanday sababga ko‘ra (o‘tkazgichdan tok o‘tish xisobiga xosil bo‘lgan maydonmi yoki magnit maydoniga o‘rnatilgan zarrachada molekulyar mikrotoklar oqimi paydo bo‘lishi xisobiga xosil bo‘lgan magnit maydonimi) magnit maydoni xosil bo‘lishidan qatiy nazar magnit maydoni tokka ta’sir qiladi.
Magnit maydoniga joylashtirilgan moddada elementar toklar oqimi paydo bo‘ladi, natijada qo‘shimcha magnit maydoni xosil bo‘ladi. O‘z navbatida tashqi magnit maydoniga ta’sir qilib uni o‘zgartiradi.
Magnit maydoniga tushgan mineral zarrachalar maydon kuch chiziqlarining xolatiga ta’sir qiladi. Magnitli zarrachalar magnit oqimiga unchalik qarshilik ko‘rsatmaydi ularning magnit o‘zgaruvchanligi yuqori. SHuning uchun ular magnit maydonida to‘planishadi. Nomagnit zarrachalar magnit oqimiga katta qarshilik qiladi shuning uchun magnit kuch chiziqlari ularni aylanib o‘tishga yoki ularni maydondan chiqarib tashlashga harakat qiladi.
Mexaniq tortilish ko‘rinishiga ega bo‘lgan elektr va magnit kuchlari ponderomator kuchlar deb ataladi. Ana shu kuchlar elektr va magnit xossalari har xil bo‘lgan minerallarni bir-biridan ajiratish usulini fizikaviy asosi ( moxiyati ) xisoblanadi.Ba’zida magnit maydonida xosil bo‘ladigan mexaniq kuchlarni elektrodinamik kuchlar deb ataladi.CHunki shu kuchlar ta’sirida zarrachalar harakatga keladi - dinamik jarayon paydo bo‘ladi.
Magnitli saralashning fizik moxiyati shundan iboratki, boshqariluvchi magnit maydoni kuchlari ta’sirida magnit zarrachalar o‘z og‘irlik kuchi xisobidagi harakat yo‘nalishini ( troektoriyasini ) o‘zgartirib, nomagnit minerallardan ajiralib chiqadi.



Download 13,14 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Download 13,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm 55. Magnit maydoni xarakterini tok ulangan sim o‘tkzilganda o‘zgarishi

Download 13,14 Mb.