|
MA’RUZA №18
Mavzu: Magnitli saralagichlar turlari va ularni qo‘llanilish o‘rinlari
|
bet | 79/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)MA’RUZA №18
Mavzu: Magnitli saralagichlar turlari va ularni qo‘llanilish o‘rinlari
Magnit saralagichlarni turlari.
Tayanch iboralar: doimiy magnit, elektromagnit, magnit maydoni, magnit induksiyasi, magnit momenti, magnit maydoni kuchlanganligi
Magnit saralagichlarni magnit maydoning kuchlanganligi kuchiga qarab ikki turga bo‘linadi.
Kuchsiz magnit maydonli (80-120 kA/m) saralagichlar. Bunday saralagichlar kuchli magnitli rudalarni boyitishda qo‘llaniladi.
Kuchli magnit maydonli ( 800-1600 kA/m) saralagichlar. Bular kuchsiz magnitli rudalarni boyitish uchun ishlatiladi.
maxsulot
Magnitlanuvchan Magnitsizlanmagan
maxsulot maxsulot
Rasm 58. Baraban saralagichning ishchi zonasi sxemasi
Qoida bo‘yicha kuchsiz magnit maydoni ochiq ko‘p qutibli magnit tizimi bilan, kuchli maydon esa – berk magnit tizimi bilan xosil qilinadi.Bunda bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan qutiblari bo‘ladi.
Ochiq magnit tizimi saralagichning sxemasi 58-rasmda keltirilgan.
Berk magnit tizimi saralagichning sxemasi 59-rasmda keltirilgan.
Saralash jarayoni olib boriladigan muxitga qarab saralagichlar –quruq ( xavoli) muxitda boyitish saralagichlari va xo‘l ( suvli) muxitda boyitish saralagichlariga bo‘linadi. Yirikligi 3 ( 6 ) mm dan katta bo‘lgan materiallari xavoli muxitda, 3 (6) mm dan kichik bo‘lgan materiallar bo‘lgan materiallar esa suvli muxitda boyitiladi. Bunda bo‘tanani tarkibidagi qattiq zarrachalarning miqdori 20-40% bo‘lishi meyoriy xisoblanadi.
Mayin zarrachalarni xavoli muxitda boyitish unchalik samara bermaydi, chunki zarrachalar bir-biriga yopishib, saralanish yaxshi o‘tmaydi, ikkinchidan chang-to‘zon bo‘lib sex ekologiyasini buzadi.
Rasm 59. Baraban magnitli saralagichda okim sxemasi
|
| |