|
Rasm 52. Konsentratni ikki marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali flotatsiya sxemasi
|
bet | 72/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)Rasm 52. Konsentratni ikki marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali flotatsiya sxemasi
Boyitish jarayonining miqdor sxemasini hisoblash.
Flotatsiya va gravitatsiya usulida boyitish jarayonining miqdor sxemasini hisoblash bir-biriga o‘xshash bo‘lgani uchun gravitatsiya usulida boyitish jarayonining miqdor sxemasini hisoblash usulini keltiramiz (52-rasm)
Boyitishning miqdor sxemasini hisoblashda sxemadagi barcha mahsulotlar uchun asosiy texnologik ko‘rsatkichlar – larning son qiymati aniqlanadi: - mahsulotning og‘irligi (t/soat yoki t/sut); - mahsulotlarning chiqishi, %; - mahsulotlardagi qimmatbaho komponentning miqdori, %;
E mahsulotlarga ajralish, %. Ba’zi hollarda qo‘shimcha ravishda - xususiy ajralishning qiymati aniqlanadi.
Miqdor sxemasi quyidagi tartibda hisoblanadi:
Sxemani hisoblash uchun kerakli va etarli bo‘lgan dastlabki ko‘rsatkichlarning soni aniqlanadi.
Dastlabki ko‘rsatkichlarning, ya’ni larning soni tanlanadi.
Dastlabki ko‘rsatkichlarning son qiymati belgilanadi.
Sxema dastlabki ko‘rsatkichlarni bog‘lovchi tenglamalar orqali hisoblanadi.
Hisoblash natijalari jadval va grafiklar tarzida rasmiylashtiriladi.
Sxemani hisoblash uchun kerak bo‘ladigan dastlabki ko‘rsatkichlar soni N=A-B, bu erda:
N – dastlabki ko‘rsatkichlarning soni; A – dastlabki ko‘rsatkichlarning umumiy soni, B –tenglamalarning umumiy soni.
Har qanday boyitish sxemasi ikki turdagi jarayonlarni, ya’ni ajralish va qo‘shilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ajralish jarayonlarida bitta mahsulotdan ikki va undan ortiq, qo‘shilish jarayonlarida esa ikki va undan ortiq mahsulotdan bitta mahsulot olinadi. Sxemadagi umumiy jarayonlar soni
,
bu erda: a, aa, aq – tegishli ravishda barcha operatsiyalar, ajralish va qo‘shilish operatsiyalari soni.
Masalan, yuqoridagi sxemada jami 8 ta operatsiya bo‘lib, ulardan 5 tasi ajralish va 3 tasi qo‘shilish operatsiyalaridir.
Har qanday boyitish sxemasi 3 turdagi mahsulotlardan tashkil topadi:
Dastlabki mahsulotlar – nd
Ajralish mahsulotlari – na
Qo‘shilish mahsulotlari – nq.
Berilgan sxema uchun nd=1, na=10; nq=3.
N=14
Hisoblanuvchi komponentlar soni s harfi bilan belgilanadi.
s=1+e (nometal rudalar uchun)
bu erda: e – hisoblanuvchi qo‘shimcha komponentlar.
Sxemani hisoblashda har qaysi qayta ishlanuvchi mahsulot uchun ni son qiymatini aniqlash kerak.
Monometalli rudalar uchun s =2, ikki komponentli rudalar uchun s =3 deb qabul qilinadi.
|
| |