|
Boyitishning alohida sikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish
|
bet | 70/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)Boyitishning alohida sikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish.
Amalda ishlatiladigan flotatsiya sxemalari shuncha ko‘pki ularni alohida hol uchun ko‘rib chiqishga imkoniyat yoq.
Boyitish siklining eng oddiy misoli bitta flotatsiya operatsiyasi hisoblanadi. Lekin bunday oddiy sxema faqat bitta ohirgi mahsulot olinadigan siklda ishlatilishi mumkin. Masalan,birinchi bosqichda flotatsiyalashda tayyor konsentratning bir qismi va qaytadan yanchishga va flotatsiyaning ikkinchi bosqichiga tushuvchi boy chiqindi olinishida.
Agar boyitish siklida ikkita oxirgi mahsulot-konditsion konsentrat va tashlab yuboriladigan chiqindi olinishi kerak bo‘lsa, murakkabroq boyitish sxemalari qo‘llaniladi.
Flotatsiya sxemasining tarmoqlanish yonalishi asosan uchta shartga –rudadagi qimmatbaho mineralning miqdoriga, konsentratga qo‘yiladigan talablarga va qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish hususiyatlariga bog‘liq.
Rudadagi qimmatbaho komponentning miqdori yuqori,konsentrat sifatiga qo‘yiladigan talablar past, puch tog‘ jinslari flotatsion aktiv emas. Bunda konsentratni tozalash operatsiyalarisiz, lekin chiqindini bir, ikki marta kontrol flotatsiyalash qo‘llanuvchi flotatsiya sxemasini ishlatish mumkin. Bunday sxemalar ko‘mir boyitish fabrikalarida, shuningdek rangli metallarning boy rudalarini boyituvchi ba’zi fabrikalarda qo‘llanadi (49-rasm)
Rasm 49. Asosiy flotatsiya chiqindisini nazorat flotatsiyalovchi
flotatsiya sxemasi
Qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish qobiliyati past, konsentrat sifatiga qo‘yiladigan talablar ham past. YUzaga qalqib chiqib flotatsiyalangan minerallarni tozalash maqsadga muvofiq emas va ularni jarayondan tezda chiqarib olish kerak. Sxema kontrol flotatsiyalar sonini ortishi yonalishida tarmoqlanadi. Misol tariqasida mis-piritli rudalarni flotatsiyalash sxemasini keltirish mumkin (50-rasm).
Rasm 50. Nazorat flotatsiyasi sonlarining ortishi yonalishida rivojlanuvchi flotatsiya sxemasiga misol
|
| |