• Tayanch iboralar
  • Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish




    Download 13,14 Mb.
    bet67/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    MA’RUZA № 15


    Mavzu: Flotatsiya sxemalari
    Reja:
    1. Flotatsiya sxemalari
    2. Flotatsiya mashinasi turini tanlash
    3. Alohida turdagi polimetall rudalar uchun flotatsiyaning prinsipial sxemalarini tanlash
    4. Boyitishning alohida sikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish


    Tayanch iboralar: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi, nazorat flotatsiyasi, flotatsion sxemalar, flotatsiya bosqichi, flotatsiya sikli, qimmatbaho komponentlarning ajralish


    Flotatsiya sxemalari
    Foydali qazilmalarni flotatsiyalash jarayonida turli - tuman texnologik sxemalar qo‘llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahsulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq.
    Ko‘p hollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olishga erishilmaydi. SHuning uchun, flotatsiya sxemalari bir nechta flotatsiya operatsiyalaridan tashkil topadi: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi va nazorat flotatsiyasi.
    Asosiy flotatsiya – flotatsion boyitishning birinchi operatsiyasi hisoblanib, qimmatbaho komponentni puch tog‘ jinslaridan ajratish maqsadida o‘tkaziladi. Natijada xomaki boyitma va chiqindi olinadi.
    Tozalash flotatsiyasi – o‘zidan oldingi operatsiyalarda olingan xomaki boyitmaning sifatini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladigan flotatsiya operatsiyasi.
    Nazorat flotatsiyasi – asosiy flotatsiya natijasida olingan chiqindi tarkibidagi qimmatbaho komponentni yana bir bor ajratib olish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiya.
    Flotatsion sxemalar – flotatsiya bosqichi va sikllarining soni bilan bir–biridan farq qiladi.
    Flotatsiya bosqichi deb, mahsulotni malum yiriklikkacha yanchib, keyin flotatsiyalash operatsiyasini o‘z ichiga olgan texnologik sxemaning bir qismiga aytiladi.
    Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi.
    Flotatsiya sikli deb, qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor mahsulotlar olinadigan flotatsiya operatsiyalarining guruhiga aytiladi.
    Qimmatbaho komponentlarning ajralish ketma–ketligiga qarab, polimetal rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv–selektiv flotatsiya sxemalari mavjud bo‘ladi.
    Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral (masalan, mis va nikel sulfidlari, mis-molibden, qo‘rg‘oshin–ruh) ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv flotatsiya deyiladi.
    Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi.
    Kollektiv-selektiv flotatsiyada qamma qimmatbaho komponentlar avval kollektiv boyitmaga ajraladi, keyin esa undan alohida minerallar flotatsiyalanadi. Bir boskichli flotatsiya sxemalari bo‘yicha sheelitli, flyuoritli, baritli, spodumenli rudalar boyitiladi. Bu rudalarni boyitish sxemalarida tozalash va nazorat flotatsiyalarining soni turlicha bo‘ladi.



    Download 13,14 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish

    Download 13,14 Mb.