termik: - issiq suvdan, olovdan, chwg`dan, bug`dan
kimyoviy:- kislota va ishqorlardan , uksusdan
nur energiyasi va elektr tokidan
Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi.
Utkir kuyishda kasallikning kechishi shok, toksemiya, septiko - toksemiya va rekonvalestsensiya davrlari farq qiladi.
ShOK davri - kuyishda travmatik shokni eslatadi, biroq u organizmni yaqqol intoksikatsiyasi va plazma yuqotilishi hisobiga birmuncha og`ir kechadi. Travmatik shokdagi singari bemor erektil bosqichida qwzg`algan bwladi , qon bosimi oshib, pulsi tezlashadi.
Toktil bosqichida hayotiy jarayonlar keskin pasayib ketadi: bemor harakatsiz, tana harorati va qon bosimi pasaygan , terisi oqargan, yuz qoyifasi jiddiylashgan, akrotsianoz paydo bwladi. Siydik ajralishi kamayib, twliq anuriyaga boradi.
toksemiya davri- kuyishdan keyin bir necha soat utgach boshlanadi. Kuygan yuzada kup miqdorda plazma yuqotilishi bilan birga zaharli moddalarning surilishi boshlanadi. Bu davrda bemorning ahvoli nihoyatda og`ir, harorati juda yuqori, ishtahasi va uyqusi buzilgan, qusadi, ichi kelmaydi. Qon quyuqlashgani sababli gemoglabin va eretrotsitlar miqdori kupayadi. Siydikda eretrotsitlar va oqsil silindrali paydo bwladi.
Septiko – toksemiya davri- kuygan yuzada infeksiya rivojlangandan keyin kuzatiladi. Kuygan yuza kwp yiringli suyuqlik bilan qoplanadi. Harorat kutarilib ketadi, yotoq yaralar yiringli metastazlar hosil bwladi.
rekonvalessent( sog`ayish) davrida tana harorati , qon va siydik normaga keladi, ishtaha yahshilanadi, twqimalaring nekrotik qismlari kuchib tushadi, kuygan yuzada pushti rang sog`lom granulyatsiyalar paydo bwladi.
TERMİK kuyish- tuqimalarga yuqori harorat, issiq suv bug` va boshqalar at`sir etganda sodir bwladi. Termik omil harorati nechog`li yuqori bwlsa va termik omil qanchalik uzoq ta`sir qilsa twqimalar shunchalik kup shikastlanadi. Erigan metal ta`sirida ayniqsa chuqur kuyish hollari kuzatiladi.
twqimalarning shikastlanishi xarakteri va chuqurligiga kura 4 darajaga bwlinadi:
Kuyishning 1 darajasi: terining picha qizarishi va shishishi bilan ifodalanadi. Kuyishning bu darajasida teri kappilyarlari kengayadi va ularning utkazuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofidagi tuqimalarga chiqadi. Bu 2-3 kun davom etadi, keyin epidermis kuchib tushadi.
Kuyishning
|