Marshrutlash - bu tarmoq trafigini yuborish uchun qaysi yo'llarni tanlash va paketlarni tanlangan pastki tarmoq bo'ylab yuborish jarayoni. Kompyuter tarmoqlari terminologiyasida, marshrutlash protokoli tarmoqdagi tugunlar (xususan, marshrutizatorlar) bir -biri bilan qanday o'zaro aloqada bo'lishini, kerakli trafik ma'lumotlarini almashish orqali tarmoq trafigini yuborish uchun qaysi yo'llarni tanlashni belgilaydi. Odatda, tugunlar to'g'ridan -to'g'ri ulangan boshqa tugunlar haqida dastlabki ma'lumotga ega va marshrutlash protokoli bu ma'lumotni avval yaqin atrofdagi tugunlarga, so'ngra boshqa tugunlarga tarqatadi. Shunday qilib, marshrutlash protokollari tarmoq yo'riqchilariga tarmoq topologiyasi haqida ma'lumot beradi, shuningdek, o'zgarish yuz berganidan keyin ham.
Protokol - bu kompyuterga yoki har qanday qurilmaga aloqani qanday amalga oshirishi haqida ko'rsatmalar to'plami. Aloqa simli yoki simsiz kabi uzatish kanallarining har qanday qismida bo'lishi mumkin. Protokollar kompyuterlar yoki qurilmalar o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarni amalga oshirish uchun zarur elementdir. Masalan, TCP (Transferni boshqarish protokoli), FTP (Fayl nazorati protokoli), IP 151 (Internet protokoli), DHCP (Xostni dinamik konfiguratsiya protokoli), POP (Post Office Protocol), SMTP (Oddiy pochta o'tkazish protokoli) va boshqalar.
Marshrutizator (router) - bu qurilma katta lokal tarmoqlar tarkibidagi tarmoq osti tarmoqlari (subnet-lar) ichida va ular orasida uzatilayotgan axborotni, ko’priklarga nisbatan yana ham ishonchliroq himoya qila oladi. Negaki marshrutizatorlar tarkibiy raqamli adreslar, ya‟ni IP-adreslar asosida tarmoqni mantiqiy segmentlarga ajratadi. Bu adreslarda tarmoqning nomeri degan qismi bo’ladi. Adresining ana shu qismi bir-xil bo’lgan kompyuterlar, bir tarmoq osti tarmog‟iga tegishli bo’ladi.
Marshrutizator (router) OSI modelining uchinchi tarmoq sathida ishlaydigan qurilma. Router tarmoqdagi qurilmalar (marshrut jadvali) va muayyan qoidalar asosida OSI modeli tarmoq sathini ularning qabul qiluvchiga yuborish to'g'risida qaror qabul qiladi. Shu bilan birga, segmentda u OSI modeli va tarmoq qatlamida ishlaydigan segmentlar o'rtasidagi ma'lumotlar havolasi qatlami ustida ishlaydi. Tarmoq darajasida mantiqiy tarmoq manzili yaratiladi. Ushbu manzilni kompyuterlar guruhini aniqlash uchun operatsion tizim yoki tizim administratori tayinlaydi. Ushbu guruh shuningdek, subnet (subnet) deb ataladi. Bir kichik tarmoq jismoniy segment bilan mos kelishi yoki bo'lmasligi mumkin. Qurilmalarning jismoniy manzili apparat ishlab chiqaruvchisi tomonidan apparat yoki dasturiy ta'minot orqali o'rnatiladi. Masalan, ish stantsiyasining jismoniy manzili ishlab chiqaruvchi tomonidan tayinlangan tarmoq adapterining yagona manzilidir va ma'lumotlar bazasi Xerox tomonidan ta'minlanadi. Tarmoqda bitta jismoniy manzilga ega ikkita qurilma bo'lishi mumkin emas. Routerlar "jismoniy" segmentlarni "ko'rmaydilar", ular subnetlarning mantiqiy manzillariga ma'lumot yuboradilar.
Marshrutlash protokollari TCP/IP stekiga asoslangan tarmoqlar orqali ma’lumotlarni harakatlantirish uchun marshrutni izlash va belgilashni ta’minlaydi. Statik va adaptiv (dinamik) marshrutlash protokollari farqlanadi.
Statik marshrutlashda jadvaldagi barcha yozuvlar o’zgarmas, cheksiz yashash muddatiga ega statik holatga ega bo’ladi. Marshrutlash haqidagi yozuvlar tarmoq administratorlari tomonidan tuziladi va har bir marshrutizator xotirasiga qo’lda kiritiladi. Tarmoq holati o’zgarganda administrator bu o’zgarishlarni tezkorlik bilan mos marshrutlash jadvallariga kiritishi lozim, aks holda ularda kelishmovchilik kelib chiqishi va tarmoq to’g’ri ishlamasligi mumkin. Adaptiv (dinamik) marshrutlashda tarmoq konfiguratsiyalaridagi barcha o’zgarishlar marshrutlash protokollari evaziga avtomatik ravishda marshrutlash jadvallarida akslantiriladi. Bunday protokollar tarmoqdagi aloqa topologiyasi haqidagi axborotlarni yig’adi, bu ularga barcha hozirgi o’zgarishlarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beradi. Adaptiv marshrutlashda odatda marshrutlash jadvallari joriy marshrut haqiqiy bo’lib qolishining vaqt oralig’i haqidagi axborotga ega ega bo’ladi. Bu marshrutning hayot vaqti (TTL) deb nomlanadi. Agar yashash vaqti tugashi bilan marshrutning mavjudligi marshrutlash protokollari tomonidan tasdiqlanmasa, unda u ishlamaydi deb hisoblanadi va paketlar boshqa undan uzatilmaydi. Adaptiv marshrutlash protokollari taqsimlangan va markazlashgan bo’ladi.
Tarkibiy tarmoqda marshrutlash. Marshrutizatorlar tarmoqlarni birlashtiruvchi bir nechta interfeysga (portlarga) ega bo’ladi. Har bir marshrutizatorga tarmoqning alohida bog’lamasi sifatida qarash mumkin: unga ulangan nimtarmoqda tarmoq manzili va lokal manzilga ega bo’ladi. Masalan 1-raqamli marshrutizator uchta interfeysga ega va unga N1, N2, N3 tarmoqlar ulangan. Rasmda bu portlarning tarmoq manzili IP11, IP12, IP13 bilan belgilangan. 1R11 interfeys N1 tarmoqning bog’lamasi va mos ravishda 1R11 portning tarmoq raqami maydonida N1 raqami bo’ladi. O’xshash tarzda 1R12 interfeys – N2 tarmoq bog’lamasi, 1R13 port esa – N3 tarmoq bog’lamasi hisoblanadi. Shunday qilib, marshrutizatorga har biri o’zining tarmog’iga kiruvchi bir necha bog’lamalar majmui sifatida qarash mumkin. Marshrutizator yagona qurilma sifatida alohida tarmoq va lokal manzilga ega bo’lmaydi.
Murakkab tarkibli tarmoqlarda oxirgi ikki bog’lama o’rtasida paketlarni uzatish uchun deyarli har doim bir necha alternativ marshrutizatorlar bo’ladi. A bog’lamadan V bog’lamaga jo’natilgan paket 17, 12, 5, 4 va 1 marshrutizatorlar yoki 17, 13, 7, 6 va 3 marshrutizatorlar orqali o’tishi mumkin. A va V bog’lamalar o’rtasida nechta marshrutizatorlar borligini aniqlash muammo emas. N12 N5 17 N9 18 N13 N14 N15 19 20 12 13 N16 14 15 16 N18 7 N6 8 9 6 N4 3 1 N3 2 N1 N2 10 5 N10 11 N7 N8 В боғлама А боғлама IPА IP71 IP72 IP61 IP62 IP31 IP32 IP11 IP13 IP12 IP21 IP22 IP41 IP42 IP51 IP52 IPB.
Tarkibiy tarmoqda marshrutlash 4 N11 159 Mumkin bo’lgan bir nechta marshrutlarni tanlashni marshrutizatorlar, bundan tashqari oxirgi bog’lamalar hal qiladi. Marshrut ushbu qurilmalardagi tarmoq konfigurasiyasi haqidagi axborot va marshrutni tanlash shartlari asosida tanlaydi. Ko’p holda shart sifatida alohida paketning marshrutni o’tishdagi kechikishi olinadi. Marshrut haqidagi olingan tahliliy axborot keyingi paketlarning yo’nalishini belgilash uchun marshrutlash jadvaliga joylashtiriladi. Marshrutizatorlar alohida tarmoqlarni, umumiy tarmoqlardan iborat tarmoqqa birlashtiradi. Har bir marshrutizator bir nechta tarmoqqa ulangan bo’lishi mumkin.
Marshrutizatorning asosiy vazifasi – har bir port orqali qabul qilinadigan va vaqtincha saqlab turiladigan tarmoq protokollari (masalan IPX, IP, AppleTalk yoki Decnet protokollari) paketlarining sarlavhalarini o’qish va paketning tarmoq adresi, ya‟ni IP-adresi asosida, uning navbatdagi marshruti qanday bo’lishi haqida qaror qabul qilishdan iboratdir.
Marshrutizatorlar qo’llaniladigan o’rniga qarab, bir nechta sinflarga bo’linadi:
1.Magistral tarmoqlarni qurish uchun mo’ljallangan marshrutizatorlar.
2.Tarmoqlarning chegaralari uchun mo’ljallangan marshrutizatorlar.
3.Xududiy bo„limlar marshrutizatorlari.
4.Uzoqlardagi ofislar uchun mo’ljallangan marshrutizatorlar.
5.Lokal tarmoqlar marshrutizatorlari.
Katta tarmoqlarda, ko’pincha bir nechta ierarxik sathlarda ishlovchi marshrutizatorlar qo„llaniladi. Bunda lokal kompyuter tarmoqlari stansiyalari birinchi sath marshrutizatorlariga ulangan bo’ladi. Birinchi sath marshrutizatorlari esa, ikkinchi sath marshrutizatorlariga ulanadi. Yuqori uchinchi sath marshrutizatorlari esa, faqat ozaro bog’langan bo’ladilar.
Marshrutizatorlarning – yuqori, o‘rta (ikkinchi sath) va quyi (birinchi sath) sinflari mavjud.
Yuqori sinf marshrutizatorlari – magistral marshrutizatorlar deb ataladi (backbone routers). Bu xildagi marshrutizatorlarning unumdorligi eng yuqori bo’ladi. Ular yordamida korxonalarning magistral tarmoqlari yoki biron bir xududning global tarmog’i magistrali hosil qilinishi mumkin. Magistral marshrutizatorlar yordamida sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir necha millionlab paketlarni ishlash amalga oshiriladi.
O’rta sinf marshrutizatorlari - deganda mintaqaviy bo„limlar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy bo’limlarni, markaziy ya‟ni, magistral tarmoq bilan bog’lash amalga oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, yuqori sinf marshrutizatorlarining nisbatan soddalashtirilgan variantlari hisoblanadi.
Quyi sinf marshrutizatorlari esa – uzoq masofalarda joylashgan offislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha katta bo’lmagan ofislarni korxona tarmog’i bilan ulash amalga oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar uncha katta tezlikka ega bo’lmagan kanallar orqali ishlash uchun mo’ljallangan, jumladan ularda telefon tarmoqlari orqali ulanish portlari ham mavjud bo’ladi.
Marshrutizatorlarni qurishda uch xil asosiy arxitekturalardan foydalanilgan:
1.Bitta protsessorli arxitektura.
2.Kuchaytirilgan bitta protsessorli arxitektura.
3.Simmetrik ko’p protsessorli arxitektura.
Bitta protsessorli arxitektura asosida qurilgan marshrutizatorlarda trafikni ishlash bosqichlari - filtrlash va paketlarni uzatish, marshrutlash jadvallarini yangilash, xizmat ko’rsatuvchi paketlarni ajratish, boshqaruvchi paketlarni shakllantirish va xokazo shu kabi vazifalarning barchasi markaziy protsessorga yuklangan bo’ladi. Kuchaytirilgan bitta protsessorli marshrutizatorlarda esa, yuqorida sanab o’tilgan bosqichlarning ba‟zilarini bajaruvchi, qo’shimcha modullar o„rnatilgan bo’ladi. Simmetrik ko’p protsessorli marshrutizatorlarda, paketlarni ishlash bosqichlarini bajarish uchun alohida-alohida protsessorlardan foydalanilgan.
Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1.Magistral tarmoqlar.
2.Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning katta bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini ta‟minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda, ko’p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o’tkazish qobiliyati ancha yuqori bolishi kerak bo’ladi.
Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, katta bo„lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i bilan boglaydigan territorial tarmoqlar tushuniladi. Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya‟ni mijoz tomonidan bunday vositalar sifatida modem va unga kerak bo„ladigan dasturiy vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri RAS (Remote Access Server) ta‟minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko„prik va shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo„ladi. Tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoqning, ya‟ni Internet-ning arxitekturasi keltirilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tarmoq tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim, lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari bo’lgan Ethernet, Fast Ethernet, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari, lokal kompyuter tarmoqlarining kommunikatsion qurilmalari bo’lgan kommutatorlarning tuzilishlari va ular asosida virtual lokal tarmoqlarni qurish, marshrutizatorlar va ularni qo’llaniladigan o’rniga qarab tasniflanishi, hamda global kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumotlar keltirilgan
|