MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Kompyuter injiniringi” fakulteti “Kompyuter injiniringi” yo’nalishi
3-kurs 1001-21 UZB guruh (Sirtqi) talabasi Rustamov Dastonbekning
“KOMPYUTER TARMOQLARI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Ma’lumotlarni marshrutlash usullari, marshrutlash protokollarining turlari.
Qabul qildi: ass.Kenjayev.X.B
Topshirdi: Rustamov D
NUKUS-2024
Ma’lumotlarni marshrutlash usullari, marshrutlash protokollarining turlari.
Reja:
1.Kirish
2.Tarmoqlarda marshrutlash
3. Ma’lumotlarni marshrutlash usullari, marshrutlash protokollarining turlari
4. Tarkibiy tarmoqda marshrutlash
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Paket tarkibiga sarlavha, maʼlumot joyi va oxiri kiradi. Sarlavha paket boshida joylashga joyi xisoblanadi, unda uzatish adresi va joʼnatuvchi uchun ishlatiladigan boshqa yordamchi maʼlumot joylashgan (maʼlumotlar joy uzunligi, nazorat summasi va hoqazo). Paket oxiri bu paket oxirida joylashgan joy xisoblanadi, unda maʼlumot tarmoqda uzatish paytida oʼzgargan yoki oʼzarmaganligini tekshiradigan nazorat summasijoylashgan. Xar bitta paket kommutator yordamida tarmoq trafikni tashkil qilgan boshqa paketlarga bogʼliq boʼlmagan holda qayta ishlanadi. Marshrutlash protokollari TCP/IP stekiga asoslangan tarmoqlar orqali ma’lumotlarni harakatlantirish uchun marshrutni izlash va belgilashni ta’minlaydi. Statik va adaptiv (dinamik) marshrutlash protokollari farqlanadi.
Statik marshrutlashda jadvaldagi barcha yozuvlar o’zgarmas, cheksiz yashash muddatiga ega statik holatga ega bo’ladi. Marshrutlash haqidagi yozuvlar tarmoq administratorlari tomonidan tuziladi va har bir marshrutizator xotirasiga qo’lda kiritiladi. Tarmoq holati o’zgarganda administrator bu o’zgarishlarni tezkorlik bilan mos marshrutlash jadvallariga kiritishi lozim, aks holda ularda kelishmovchilik kelib chiqishi va tarmoq to’g’ri ishlamasligi mumkin. Adaptiv (dinamik) marshrutlashda tarmoq konfiguratsiyalaridagi barcha o’zgarishlar marshrutlash protokollari evaziga avtomatik ravishda marshrutlash jadvallarida akslantiriladi. Bunday protokollar tarmoqdagi aloqa topologiyasi haqidagi axborotlarni yig’adi, bu ularga barcha hozirgi o’zgarishlarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beradi. Adaptiv marshrutlashda odatda marshrutlash jadvallari joriy marshrut haqiqiy bo’lib qolishining vaqt oralig’i haqidagi axborotga ega ega bo’ladi. Bu marshrutning hayot vaqti (TTL) deb nomlanadi. Agar yashash vaqti tugashi bilan marshrutning mavjudligi marshrutlash protokollari tomonidan tasdiqlanmasa, unda u ishlamaydi deb hisoblanadi va paketlar boshqa undan uzatilmaydi. Adaptiv marshrutlash protokollari taqsimlangan va markazlashgan bo’ladi.
2. Texnologiyaga qarab paketlar fiksatsiyalangan yoki oʼzgaruvchan uzunligiga ega boʼlishi mumkin, sarlavhada joylashgan axborot tuzilishi ham oʼzgarishi mumkin, masalan: -ATM texnologiyaning paketlari (yacheykalari) fiksatsiyalangan uzunligiga ega, -Ethernetda min. va maks. paket (kadrlar) razmerlari oʼrnatilgan.
14.1-rasm. Marshrutizator arxitekturasi.
14.1- rasmda marshrutizator struktura sxemasi keltirilgan. Xar bitta paket bit bit bo„yicha ketma ket kirish buferga joylashadi (14.1. rasm.). Marshrutizator o„zini xotirada butun paket bo„lmasa, paket o„tishi haqida qarorni qabul qilolmaydi. Marshrutizator nazorat summani tekshiradi, agar paket ma‟lumotlari buzilmagan bo„lsa, paketni qayta ishlashini boshlaydi va uzatish adresi bo„yicha keyingi marshrutizatorni aniqlaydi.
14.2-rasm. Kirish portini qayta ishlash.
Buferlar qoyidagi funksiyalarni bajarish uchun kerak bo’ladi:
Marshrutizator interfeyslarga ulangan aloqa liniyada ma‟lumotlarning tezliklarni moslashtirish uchun. Agar bitta aloqa liniyadan paketlar kirish tezligi chiqish aloqa liniyaning o„tkazish qobiliyatidan yuqori bo„lsa, paketlar yo„qolmasligi uchun interfeysda navbat tashkil qilinadi, - Paketlar kirish tezligini va kommutatsiya tezligi bilan moslashtirish uchun. Agar kommutatsiya bloki paketlarni qayta ishlashga uygurmasa, kommutator interfeyslarda kirish navbatlar xosil bo’ladi.
Kompyuterlar ayrim topologiyaga muvofiq o’zaro fizik bog„langan va manzillashtirish tizimi tanlangan bo„lsin (14.3-rasm). Eng muhim muammo yechilmasdan qolayapdi. Oxirgi tugunlar orasida ma‟lumotlarni qanday usulda uzatish kerak?
14.3-rasm. Tranzit tugunlar tarmog„i orqali foydalanuvchilarni kommutatsiyalash
Tranzit tugunlar tarmog„i orqali oxirga tugunlarning bog„lanishi kommutatsiyalash deyiladi. Jo„natuvchidan oluvchiga yo„lda yotadigan tugunlarketma-ketligi marshrutni hosil qiladi. Masalan, 14.3-rasmda keltirilgan tarmoqda 2- va 4-tugunlar to„g„ridanto„g„ri o„zaro bog„lanmagan va ma‟lumotlarni tranzit tugunlar, masalan 1- va 5-tugunlar orqali uzatishga majbur. 1-tugun o„z A va V interfeyslar orasida, 5-tugun esa F va B interfeyslar orasida ma‟lumotlarni uzatilishini bajarishi kerak. bu holatda marshrut 2-1-5-4 ketma-ketlik hisoblanadi, bu yerda 2 – jo„natuvchi tugun, 1- va 5 – tranzit tugunlar, 4 – oluvchi tugun.
Umumiy ko„rinishda kommutatsiyalash masalasi quyidagi o„zaro bog„langan xususiy masalalar ko„rinishida berilishi mumkin:
1. Ular uchun marshrutlar hosil qilinishi talab qilinadigan axborot oqimlarini aniqlash;
2. Oqimlarni marshrutlashtirish;
3. Oqimlarni harakatlantirish, ya‟ni oqimlarni tanish va ularni har bir tranzit tugunda lokal (ajratilgan) kommutatsiyalash;
4. Oqimlarni multiplekslash va demultiplekslash.
Axborot oqimi tavsifi Bitta tranzit tugun orqali bir necha marshrutlar o„tishi mumkin. masalan 5-tugun orqali (14.3-rasmga qarang) 4-tugun qolgan tugunlarning har biriga jo„natadigan barcha m‟lumotlar, shuningdek 3, 4- va 10-tugunlarga keladigan barcha ma‟lumotlar o„tadi. Tranzit tugun kerakli tugunga olib boradigan aynan o„sha o„z interfeysiga ma‟lumotlar oqimlaridan har birini uzatilishini ta‟minlash uchun unga keladigan ma‟lumotlar oqimlarini tanishni bilishi kerak. Axborot oqimi yoki ma‟lumotlar oqimi deb ma‟lumotlarni umumiy tarmoq trafigidan ajratadigan umumiy belgilar to„plami bilan birlashtirilgan uzluksiz ma‟lumotlar ketma-ketligiga aytiladi. Masalan, bitta kompyuterdan keladigan barcha ma‟lumotlar – oqimni qanday aniqlash mumkin. birlashtiruvchi belgi manbaning manzili hisoblanadi. Bu ma‟lumotlarni bir necha nimoqimlar yig„indisi sifatida tasavvur qilish mumkin, belgi yuborish manzili hisoblanadi. Nihoyat, bu nimoqimlardan har birini, o„z navbatida, turli ilovalar – elektron pochta, fayllarni ko„chirish dasturi, veb-server hosil qilgan maydaroq nimoqimlarga bo„lish mumkin. Oqimni hosil qiladigan ma‟lumotlar turli ma‟lumotlar axborot birliklari – paketlar, kadrlar yoki yacheykalar ko„rinishida bo„lishi mumkin. Kommutatsiyalashda oqimning majburiy belgisi ma‟lumotlarni yuborish manzili hisoblanadi. Yuborish manziliga asoslanish orqali tranzit tugunga kiradigan butun ma‟lumotlar oqimi nimoqimlarga bo„linadi, ulardan har biri ma‟lumotlarning harakatlanishi marshrutiga mos interfeysga uzatiladi. Manba va yuborish manzillari mos oxirgi tugunlar juftligi uchun oqimni aniqlaydi.
Tarmoqlarda marshrutlash .Marshrut bu jo„natuvchidan oluvchiga yo„lda yotadigan tugunlar ketmaketligi hisoblanadi. Marshrulashtirish masalasi quyidai ikki vazifalarni o„z ichiga oladi:
1. Marshrutni aniqlash;
2. Tanlangan marshrut haqida tarmoqni ogohlantirish.
Marshrutni aniqlash ma‟lumotlarni manzilga yetkazish uchun ular orqali ma‟lumotlar uzatiladigan tranzit tugunlar va ularning interfeyslari ketma-ketligini tanlanishini bildiradi. Agar o„zaro ta‟sirlashuvchi tarmoq interfeyslari juftligi orasida ko„plab yo„llar mavjud bo„lsa, u holda qandaydir mezon bo„yicha bitta optimal yo„l tanlanadi. Xost-manbadan xost-qabullagichga paketning yo„lini tanlanishi masalasi marshrutizator-manbadan marshrutizator-qabulagichga paketni tanlash masalasiga keltiriladi. Istalgan marshrutlashtirish protokolining o„zagi marshrutizator manbadan marshrutizator-qabulagichga paketni yo„lini aniqlaydigan algoritm (marshrutlashtirish algoritmi) hisoblanadi. Marshrutlashtirish algoritmining vazifasi oddiy: berilgan marshrutizatorlar va ularni bog„laydigan liniyalar ko„pligi uchun marshrutlashtirish algoritmi marshrutizator-manbadan marshrutizator-qabulagichga “optimal” yo„lni aniqlaydi. “Optimal” so„zi “minimal narxli” yo„lni bildiradi. Biz ko„ramizki, biroq amalda o„yinga xavfsizlik masalalari kabi strategik mulohazalar kiradi. Marshrutlashtirish algoritmlarini ifodalash uchun tarmoq graf sifatida qaraladi (14.3-rasm). Grafning tugunlari paketlarni harakatlanishi haqida qaror qabul qilinadigan marshrutizatorlarnuqtalar, bu tugunlarni bog„laydigan liniyalar (graflar nazariyasi terminologiyasiga muvofiq “qirralar” deyiladigan) esa marshrutizatorlar orasidagi fizik liniyalar hisoblanadi. Har bir aloqa liniyasiga bu liniya bo„yicha paketning qayta uzatilishi “narxidan” iborat bo„lgan qandaydir qiymat mos keladi. Narx liniyaning fizik uzunligiga (masalan,transokean kabeli bo„yicha kadrni uzatilishi narxi quriuqlikda yotqizilgan qisqa kabel bo„yicha uzatish narxidan qimmat bo„lishi mumkin), liniya bo„yicha ma‟lumotlarni uzatish tezligiga yoki liniyaning moliyaviy narxiga bog„liq bo„lishi mumkin.
Ma’lumotlarni marshrutlash usullari, marshrutlash protokollarining turlari
|