|
Nukus filiali
|
bet | 2/10 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 5,85 Mb. | | #243799 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u KIRISH
Hozirgi vaqtda barcha sohalarni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jamiyatning barcha sohalariga axborot texnologiyalarini jadallik bilan kirib borayotgan bir vaqtda, ta’lim sohasida ham axborot texnologiyalarining o’rni keskin ortib bormoqda. Hozirda raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarning asosiy bo’g’ini hisoblangan dasturlash texnologiyalarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining ko’pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash muommosi ham ortib bormoqda. Ma’lum bir sohaga oid muommolarni hal etadigan avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish shu soha mutaxassislarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatda tobora o’sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turlit-umanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi, ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Bu vazifalarni bosqichma bosqich raqamli texnologiyalar ya’ni avtomatlashtirilgan tizimlar orqali hal etish kerak. Axborot tizimi va axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan elementlarini qo’llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini yaratish, jarayonlarni loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda visual ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi dasturiy va texnik usullari haqida bo’lib, tasvirlarga ishlov berish va tahlil qilishning zamonaviy muammolari va yechimlarini o’rganish hamda Python dasturlash tilidan foydalanib tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlarini o’rganishga qaratilgan. Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda vizual ma’lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash sun’iy intellekt sohasidagi dolzarb masalalardan biridir. Ushbu bitiruv malakaviy ishi visual ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi dasturiy va texnik usullari haqida bo’lib, tasvirlarga ishlov berish va tahlil qilishning zamonaviy muammolari va yechimlarini o’rganish daolzarb hisoblanadi.
|
| |