|
Tasvirlarga dastlabki ishlov beruvchi dastur
|
bet | 9/10 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 5,85 Mb. | | #243799 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u 3.3. Tasvirlarga dastlabki ishlov beruvchi dastur.
Dastur bosh oynasi quydagi ko’rinshga ega:
Dasturda tasvirlarga dastlabki ishlov berish uchun quydagi tugmalar mavjud.
Tasvir - Tasvirni ochish (o’qish).
Grayscale - Tasvirni ranglidan kulrang rangga o’tqazish.
Oq-qora - Tasvirni ranglidan oq-qora (binary) rangga o’tqazish.
Kontur – Tasvirnda konturlarni aniqlash.
Silliqlash - Tasvirni silliqlash.
Tasvirni ochish (o’qish).
Tasvirni ranglidan kulrang rangga o’tqazish.
Tasvirni ranglidan oq-qora (binary) rangga o’tqazish.
Tasvirnda konturlarni aniqlash.
Tasvirni silliqlash.
XULOSA
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko’rsatishni o’z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Fan-tеxnika rivojlanishining hozirgi bosqichida ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot darajasi va sur`ati oliy ta`limning sifati va samaradorligiga ko`p jihatdan bog`liq bo`lmoqda. Bu esa o`z navbatida ta`lim tizimiga tub o`zgarishlar kiritishni taqozo etmoqda.
Tasvirlar bilan ishlash bugungi kun axborot tеxnologiyalari fanida yetakchi o`rin tutmoqda. Dasturlshda, amaliy dasturlarda, web tarmog`ida va grafik muhitlarda tasvirlar kеng qo`llanilib kеlinmoqda. Tasvirlarni qayta ishlash fanini o`tishdan asosiy maqsad virtual muhitlarda inson va inson, hamda inson va kompyutеr o`rtasidagi o`zaro aloqaning tеxnologiyasini o`rganadi. Jumladan:
virtual manzaralarni qayta ishlash va tahlil qilish;
inson tasvirini qayta ishlash va tahlil qilish;
tеxnologik qismlar va dastur ta`minoti.
Bajarilgan bitiruv malakaviy ishi oldiga qo’yilgan vazifalar to’liq amalga oshirildi va quyidagi yakuniy xulosalarga kelindi:
Ushbu bitiruv malakaviy ishda visual ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi dasturiy va texnik usullari haqida bo’lib, tasvirlarga ishlov berish va tahlil qilishning zamonaviy muammolari va yechimlarini o’rganish hamda Python dasturlash tilidan foydalanib tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlarini o’rganishga qaratilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosa, bitiruv malakaviy ishiga ilova va foydalanilgan adabiyotlar royhatidan iborat:
Birinchi bobda kompyuter rafikasida tasvirlar va ularni qayta ishlash masalalari atroflicha tahlil qilib chiqildi.
Ikkinchi bobda Python dasturlash tilida tasvirlarga dastlabki ishlov berish asoslari va ularning imkoniyatlarini o’rganildi.
Uchinchi bobda Python dasturlash tilidan foydalanib tasvirlarga dastlabki ishlov beruvchi dastur yaratish masalasi ko’rib chiqildi.
|
| |