• 7. YAdro reaksiyalari
  • Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari




    Download 349,76 Kb.
    bet5/7
    Sana19.01.2024
    Hajmi349,76 Kb.
    #141430
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Atom fizikasi. Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi

    6. Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari

    YAdroning o’z-o’zidan bir yoki bir nechta zarrachalar chiqarish hodisasi radioaktivlik deyiladi. SHunday yadrolarni radioaktiv yadrro deb yuritiladi.


    Radioaktiv yadrolarning o’zidan biron-bir turdagi zarralarni chiqarib, boshqa yangi yadroga aylanish jarayoni radioaktiv yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilishda radioaktiv yadrolarning sonining o’zgarishi


    (6.1)

    qonun bo’yicha o’zgaradi. Ushbu ifodani radioaktiv yemirilish qonuni deb yuritiladi, bunda λ – yemirilish doimiysi.


    Tabiatda mavjud yadrolarning radioaktivligi tabiiy radioaktivlik deyiladi. Ba’zi hollarda radioaktiv yadrolar biron-bir turg’un yadrolarni zaralar bilan yoki yadrolar bilan bombardimon qilish natijasida hosil bo’ladi. Bunday radioaktivlikni sun’iy radioaktivlik deyiladi.
    Radioaktiv moddani magnit maydoniga joylashtirilsa zarralar dastasi uch qismga α- zarrachalar, β- zarrachalar, γ-zarachalarga bo’lingan.
    Radioaktiv yemirilishlarning 5 xili uchraydi. SHulardan ikki xilini ko’rib chiqimiz.

    1. α-emirilish. Og’ir yadrolarning o’z-o’zidan α- zarrachalar chiqarish jarayoni α- yemirilish deyiladi. U



    ZXA Z-2UA-4 2He4 (6.2)

    siljish qoidasiga bo’ysunadi.



    1. β-emirilish. YAdrolarning o’z-o’zidan elektronlarni (β ) yoki protonlarni (β ) chiqarishi β-emirilish deyiladi. Ular



    ZXA Z+1UA e- e (6.3)


    ZXA Z-1UA e+ e (6.4)

    siljish qoidalariga bo’ysunadi.




    7. YAdro reaksiyalari

    Ikki yadro yoki yadro va elementar zarrachalar bir-biriga 10-15 m masofaga yaqin kelganda yadro kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro intensiv ta’sirlashib, yadrolar tarkibining o’zgarish jarayoniga yadro reaksiyalari deyiladi.


    YAdro reaksiyalarini umumiy shaklda


    (7.1)

    yoki



    A(a, v)V

    deb yozish mumkin.


    YAdro reaksiyalari vaqtida

    1. Elektr zaryadining saqlanish qonuni;

    2. Nuklonlar sonining saqlanish qonuni;

    3. Energiyaning saqlanish qonuni;

    4. Impulsning saqlanish qonuni bajariladi.

    YAdroning bo’linish jarayonida ajralib chiqqan neytronlardan bittasi o’z navbatida qo’shni yadroni parchalash va bu yadro ham qo’shni yadroni parchalashi mumkin bo’lgan neytronlarni chiqarishi mumkin. Natijada bo’linayotgan yadrolar soni kesin ortib ketib, o’zini-o’zi davom ettiruvchi reaksiya yuzaga keladi. Ushbu reaksiyaga zanjir yadro reaksiya deyiladi.
    YAdrolarning bo’linishi boshqariladigan reaksiya amalga oshiriladigan qurilma yadro reaktori deyiladi. YAdro reaktori: yadro yoqilg’isi, neytronlarning sekinlatgichi, reaktor ishlaganda ajraladigan issiqlikni olib ketuvchi issiqlik eltuvchi ( suv, suyuq natriy ) va reaksiya tezligini rostlovchi qurilma.
    Juda yuqori temperaturalarda yengil yadrolarning qo’shilish reaksiyasi termoyadro reaksiyasi deyiladi. Termoyadro reaksiyasi yuz berishi uchun yadrrolar 10-15 m masofaga, ya’ni yadro kuchlari ta’sir doirasiga tushishlari shart. Termoyadro reaksiyalari sintez reaksiyalari yoki termoyadro sintezi deyiladi.
    Hozirgi vaqtda dunyoning ko’pgina davlatlarida boshqariluvchi termoyadro reaksiyasini amalga oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bo’linish reaksiyasini yadro reaktorlarida boshqarilgani kabi, boshqariladigan termoyadro reaksiyasini amalga oshirish ancha murakkab masaladir.



    Download 349,76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 349,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari

    Download 349,76 Kb.