International Conference on Developments in Education




Download 335,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana13.09.2024
Hajmi335,24 Kb.
#270943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nutqy kom. turlari

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org Feb. 20
th
2023 
10 
solishni hamda substantsiya va aktsidentsiyaning joylashishiga va undan chiqadigan 
natijalarni ifodalovchi hikmatli soʼzlarni va nutqni qanday tuzishni oʼrgatadi. Uchinchi ilm 
mantiqdir. U maʼlum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday 
qilib darak gaplarni joylashtirishni oʼrgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni 
bilib olamiz, hamda nima toʼgʼri va nima yolgʼon ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. 
Oʼquvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu 
bois ular xotirasidagi soʼz zahirasini oʼz nutqi orqali harakatga keltiradi. 
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar 
fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga 
qaratilgan 
nutqiy 
kompetensiyani 
shakllantirish, 
o‘quvchida grammatikaga oid 
o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, 
morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid 
tushunchalarni) rivojlantirish, ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda 
to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni 
shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim – oʼquvchilarning egallangan bilim, 
koʼnikma va malakalarini oʼz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʼllay olish 
imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim oʼquvchilarda mustaqillik, 
faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan oʼz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda 
kasb-hunar tanlash, sogʼlom raqobat hamda umummadaniy koʼnikmalarini shakllantirdi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) 
kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan. 
Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni 
kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, 
amaliyotda qo‘llay olishdir. 
2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat 
bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan, 
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari 
hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan.
Milliy oʻquv dasturi asosida 2020-2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va 
Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi. Ikki 
fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. 
Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, 
fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning 4 koʻnikmasini 
rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi. 
Ona tili fani asosida oʻquvchida shakllantiriladigan koʻnikmalardan biri bu oʻqib tushunishdir. 
Natijada oʻquvchi darslikda qoidalar oʻrniga koʻproq matnlar bilan ishlaydi va ularda oʻqib 



Download 335,24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 335,24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education

Download 335,24 Kb.
Pdf ko'rish