|
International Conference on Developments in EducationBog'liq nutqy kom. turlari International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https
:
econferencezone.org Feb. 20
th
2023
11
tushunish koʻnikmasi rivojlanadi. Oʻquvchida oʻqib tushunish koʻnikmasini Ona tili fani
rivojlantirishi hisobiga oʻz-oʻzidan Oʻqish faniga zarurat qolmaydi.
2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat
bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan,
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari
hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan.
Milliy oʻquv dasturi asosida 2020-2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va
Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi. Ikki
fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi.
Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish,
fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning 4 koʻnikmasini
rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir toʻrt
koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik
savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni
kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy
tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish
savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mashq daftarida darslikda ishora qilingan, maxsus belgi bilan ajratilgan topshiriqlar bajarib
boriladi. O‘quvchilar daftarga yozishlari, chizishlari, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishlari, o‘qib va
tinglab tushunish, matn tuzish bilan bog‘liq topshiriqlarni bajarishlari hamda rasmlarni
bo‘yashlari mumkin. Amaldagi boshlang’ich sinf ona tili darsliklari asosida o’quvchilardagi
quyidagi kompetensiyalarni rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): -O‘qituvchi nutqini, video
va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar
asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida
o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib
o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi
ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir
unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar
birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza
oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-
zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan
yozuv, rasmli diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi turli vaziyatlarda
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, og‘zaki va yozma
savodxonlik malakalariga ega bo‘lgan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil
|
| |