International Conference on Developments in Education




Download 335,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana13.09.2024
Hajmi335,24 Kb.
#270943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nutqy kom. turlari

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org Feb. 20
th
2023 
12 
va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati 
rivojlangan shaxsni kamol toptirish ekanligi ko‘p bora ta’kidlanadi. 
Demak, ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchini fikrlashga, o‘zgalar 
fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan 
nutqiy kompetensiyani shakllantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtirilgan 
bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, talaffuz va imlo me’yorlariga oid tushunchalarni) 
rivojlantirish; tilning keng imkoniyatlaridan unumli foyda­langan holda to‘g‘ri va ravon bayon 
eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga 
yo‘naltiriladi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ona tili ta’limining 
mazmuni o‘zgarmoqda. Biz yillar davomida ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarga grammatik 
qonun-qoidalarni, nazariy bilimlarni o‘rgatib keldik. Endilikda grammatika bilan bir qatorda 
o‘quvchilardagi nutqiy kompetensiyani, ya’ni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish kabi 
amaliy 
ko‘nikmalarni 
shakl­lantirishga 
ko‘proq 
e’tibor 
berishimiz 
lozim. Bu maqsadga erishishda ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab 
tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) ni har bir darsda amaliy qo‘llash va o‘quvchida bunga 
nisbatan ko‘nikma shakllantirish darkor. Ana shu fikrlarning isboti sifatida umumta’lim 
muassasalarining 2-3-sinflari uchun 2022-yilda nashrdan chiqqan “Ona tili va o’qish 
savodxonligi” darsligini keltirish mumkin. Avvalo, mazkur darsliklar hozirgi zamon bola 
psixologiyasiga mos ravishda tuzilgan: mashqlardan qonuniyat yaratilishiga e’tibor qaratilgan. 
O‘quvchi matn bilan tanishgach, o‘z fikr-mulohazalari asosida xulosaga olib kelingan va 
nazariy matn berilgan. Mavzularni kundalik hayotga yaqinlashtirish barobarida muomala 
madaniyati, odob-axloq me’yorlari, milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi o‘zbekona dunyoqarash 
bilan uyg‘un matnlar berilgan. Masalan, 2-sinf darsligidagi “Oshxonamiz ramzi” audiomatni 
(6-bet). Ushbu audiomatndan so’ng o’quvchilarning fikrlashga, o’ylashga undovchi topshiriq 
berilgan.
Sizningcha, muallifning ushbu audiomatnni yaratish- dan maqsadi nima? 





Download 335,24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 335,24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education

Download 335,24 Kb.
Pdf ko'rish