Mavzu
:
Ochiq va yopiq kalitlar bilan shifrlash tizimi
.
Reja
:
1.Simmetriyali tizimlarda
2.Axborotni autentifikatsiyalash
3.Keng tarqalgan shifrlash algoritmlari
.
Kalitdan foydalanib shifrlash algoritmining ikki xil ko‘rinishi
mavjud:
simmetrik
va
asimmetrik (ochiq kalitli)
.
Xabarlarni shifrlash uchun foydalanilgan kalit shifrni ochish kalitidan
olingan va aksi o‘rinli bo‘lsa, bunday kriptografik algoritmlar simmetrik
deb nomlanadi. Ko‘pgina simmetrik algoritmlarda yagona kalitdan
foydalaniladi. Bunday algoritmlar
bir kalitli
yoki maxfiy kalitli algoritmlar
deb ataladi hamda xabarni yuboruvchi va uni qabul qiluvchi qanday
kalitdan foydalanishni kelishib olishlarini talab etadi. Bir kalitli
algoritmlarning ishonchliligi kalitni tanlash bilan aniqlanadi. Agar
jinoyatchiga kalit ma’lum bo‘lsa, hech qanday qarshiliksiz barcha tutib
olingan ma’lumotlar shifrini ochish imkoni yaratiladi. Demak tanlangan
kalitni begonalardan sir saqlash zarur. Shifrlashning simmetrik algoritmlari
ikki turda bo‘ladi. Ulardan biri ochiq matnga bitlar bo‘yicha ishlov beradi.
Ular
potokli algoritmlar
yoki
potokli shifrlar
deb nomlanadi. Ikkinchisida
esa, ochiq matn bir necha bitdan iborat bo‘lgan bloklarga bo‘linadi. Bunday
algoritmlar
blokli algoritmlar
yoki
blokli shifrlar
deb nomlanadi. Blokli
shifrlashning zamonaviy kompyuter algoritmlarida, odatda, blok uzunligi
64 bitni tashkil etadi.